UzGazOil AYoQShlarining bir qismi «Lukoyl»ga o'tishi mumkin

Rossiyaning «Lukoyl» kompaniyasi O'zbekistonda avtomobillarga yoqilg'i quyish shoxobchalari (AYoQSh) tarmog'ini rivojlantirishda ishtirok etishni rejalashtirmoqda. Buning uchun kompaniya UzGazOil AYoQShlarining bir qismini egallamoqchi. Bu haqda Podrobno.uz rossiyaliklar kompaniyasi vakiliga asoslanib xabar qildi. 

O'zbekiston hukumati 9 fevral kuni qabul qilgan «O'zneftmahsulot» kompaniyasi faoliyatini takomillashtirish chora-tadbirlari to'g'risidagi qaror asosida UzGazOil’ga egalik qiladigan «O'zbekneftgaz» xoldingi uni qayta tashkil etish yo'li bilan «O'zneftmahsulot»ga birlashtiradi.

«Uning bir qismini sotib olish imkoniyatlari ko'rib chiqilmoqda», – degan «Lukoyl» vakili.

Bundan oldinroq, ushbu kompaniya Toshkentda, sobiq Chkalov nomidagi aviatsiya zavodi yaqinida joriy haftada ochiladigan ilk AYoQShi (avtomobillarga yonilg'i quyish shoxobchasi) haqida ba`zi ma`lumotlarni oshkor qilgandi. Bu AYoQShda yuqori sifatli dizel yoqilg'isi, EURO-5 standartiga muvofiq keluvchi AI-92, AI-95 benzinlari sotiladi.

AYoQShda yonilg'i quyishdan tashqari, g'ildiraklarga dam urish, mashina ichini changyutgichda tozalash kabi xizmatlar ko'rsatiladi. AYoQSh yonida qulay avtoturargoh va minimarket joylashadi. Bu do'konda mijozlarga oziq-ovqat mahsulotlaridan tashqari, kompaniya ishlab chiqargan moy, avtokimyo vositalari, avtoaksessuarlar va boshqa tovarlar taklif qilinadi.

AYoQShda yo'lga qo'yiladigan qo'shimcha qulayliklar ichida shinam kafe, «mobil qurilmalarni» xizmati ham bo'ladi. Bu yerda imkoniyati cheklangan odamlarga ham maxsus sharoitlar muhayyo qilinadi. Bundan tashqari, AYoQSh bepul Wi-Fi internet tarmog'i va mijozlar foydalanishi mumkin bo'ladigan ikkita planshet bilan jihozlanadi. 

AYoQSh kunbo'yi ishlashi rejalashtirilgan. Xizmatlar uchun to'lov ham terminal orqali, ham naqd pul bilan amalga oshiriladi. Benzin narxlari va AYoQShning ochilishi haqida yaqin kunlarda ma`lum qilinadi.

UzGazOil’ni qayta tashkil etish vaqtida aholini neft mahsulotlari bilan uzluksiz ta`minlashni tashkil etish maqsadida, kompaniyaning avtomobillarga yonilg'i quyish shoxobcha (AYoQSh)lari, avtomobillarga gaz to'ldirish kompressor stansiya (AGTKS)lari «O'zneftmahsulot»ning balansiga o'tguniga qadar, UzGazOil o'z shoxobchalari orqali neft mahsulotlari, siqilgan va suyultirilgan gaz sotishni davom ettirib turadi.

Ayni vaqtda Toshkentdagi aksariyat UzGazOil shoxobchalari Uzbekneftgaz deya qayta nomlangan.

Ma`lumotlarga ko'ra, O'zbekiston bo'ylab UzGazOil’ning 92ta AYoQShi va 17ta AGTKSi bor.


Комментарии (0) | Добавить: 13.02.2017
Faqat ro'yhatdan o'tgan foydalanuvchilar izoh qoldirishi mumkin. Marhamat ro'yhatdan o'ting!
[ Регистрация | Kirish ]
MP3 va KLIP Izlash

«Новости»

Salbiy o‘ylarga qarshi kurashishning 4 yo‘li
Atirni to‘g‘ri sepishni o‘rganamiz
Sovuq dush qabul qilish uchun 3 ta sabab
Neymar «PSJ»ga o'z shartlarini ma`lum qilgan
Rossiya qamoqxonalarida qancha o'zbekistonlik borligi ma`lum bo'ldi
Yulduz Rajabova Instagram’da qo‘pol izoh qoldiradigan yigitlardan nolidi
«Barselona» «Yuventus»ni mag'lub etdi, Neymar ikkita gol urdi
Chiroyli avtoraqamlarning taxminiy narxi ma`lum, lekin bu yakuniy baho emas
Интернет нега тез арзонлашмаяпти - “Ўзбектелеком” изоҳи
Putin qay tariqa prezident bo‘lganini so‘zlab berdi
Тиш пасталарини танлашда рекламаларга ишониш керакми?
Avtomobilda uzoq yo‘lga otlanganlar uchun qiziqarli o‘yinlar
Jastin Biber Xitoyda konsert berishiga taqiq qo‘yildi
Putin: Ukraina korrupsiya domiga g'arq bo'lmoqda
Ertalab uyqudan turish nega biroz mushkul?
Mirziyoyev Toshkent viloyatidagi ikki tuman hokimini va yana bir qancha amaldorlarni ishdan oldi
Prezident virtual qabulxonasiga yo'llangan murojaatlar soni 1 millionga yetdi
«O'zbekiston 24» telekanali 24 iyul kuni ish boshlaydi
Fidjet spinnerlar haqida barcha haqiqatlar
Maktabga ryukzakni qanday tanlash kerak? Ota-onalarga maslahatlar
Qanday oziq-ovqatlar uyquga salbiy ta’sir ko‘rsatadi?
Shavkat Mirziyoyev Toshkent viloyatidagi ot zavodiga bordi
O'zbekistonda shakar narxi oshdi
Moskvada o‘tkinchi ayol Putinni o‘pib oldi
Dilnoza Kubayeva: “O‘zbek kinosi juda qaltis vaziyatga tushib qolyapti”
G'ayriqonuniy hukm yoxud sud ustidan kimga shikoyat qilish kerak?
“Davlat xizmati to'g'risida”gi qonun loyihasi ishlab chiqildi, meritokratiya tushunchasi joriy etiladi
Biz nega kechikamiz va bu odatdan qanday qutulish mumkin?
Neymar «PSJ»ga o'tishga juda yaqin turibdi, uning otasiga 40 mln yevro taklif qilishdi
Xorazmda Komiljon Otaniyozov tavalludining 100 yilligi nishonlanmoqda