У нас есть только
оригинальные песни

UzMobile abonent to‘lovi miqdori o‘zgarishsiz qolishini ma’lum qildi

calendar 24.01.2018
1235

UzMobile milliy aloqa operatori GSM va CDMA standartlarining barcha tariflari bo‘yicha mavjud abonent to‘lovlarini o‘zgarishsiz qoldiradi, deb xabar berdi “Gazeta.uz”.

UzMobile abonent bazasi ikki aloqa standarti bo‘yicha 1,5 milliondan ortiq mijozlarga ega. Kompaniyaning xabarida ta’kidlanishicha, “milliy operatorning asosiy ijtimoiy komponenti — abonentlarni har tomonlama qo‘llab-quvvatlash, shu jumladan, aholining barcha toifalari uchun tarif rejalarini ishlab chiqish va uni amalga oshirishdan iborat”.

Avvalroq, Beeline mobil operatori bir qator tariflarining kunlik abonent to‘lovlari miqdorini oshirishi haqida ma’lum qilgandi.

UMS mobil aloqa operatori esa 23-yanvar kuni o‘z tarif va xizmatlari uchun narxlarni yaqin vaqtlar ichida ko‘tarish niyatida emasligini bildirdi.

Яндекс.Метрика