У нас есть только
оригинальные песни

Uzmobile O'zbekiston viloyatlari markazlarida ham GSM tarmog'ini ishga tushiradi

calendar 26.11.2015
1341

Uzmobile yaqin kunlar ichida O'zbekistonning viloyatlari markazlarida GSM tarmog'ini joriy etadi. Bu bo'yicha loyihaning amalga oshirilishi boshlanishi 1 dekabrga belgilangan

Shu yilning 15 aprel kunida Uzmobile mobil aloqa milliy operatori GSM tarmog'ining Toshkent shahri va Toshkent viloyatida tijoriy foydalanish uchun ishga tushirilganini e'lon qilgandi. Kompaniya Toshkent shahri va Toshkent viloyati hududida sinovdan o'tgan loyihani respublikaning boshqa hududlarida qo'llamoqchi.

Shu yilning iyunida UZMOBILE kompaniyasi GSM uyushmasining to'laqonli a'zosiga aylangandi. Bu UZMOBILE GSM tarmog'i o'z mijozlariga yaqin kelajakda ushbu uyushma a'zolari bilan dunyoning istalgan nuqtasida xalqaro avtomatik rouming xizmatidan foydalanish imkonini beradi.

GSM uyushmasi – GSM standartidagi uyali aloqa operatorlari xalqaro tashkiloti bo'lib, 220 ta davlatning 800 dan ko'proq GSM operatorlarini birlashtiradi. Uyushmaga a'zo operatorlar dunyodagi butun mobil aloqa foydalanuvchilarining 82 foizdan ko'prog'iga xizmat ko'rsatadi.

Shuningdek, 2015 yilning 26 iyun kunidan “O'zbektelekom” AJning UZMOBILE mobil aloqa operatori nutqni uzatishning juda sifatli texnologiyasi – HD Voice`ni amaliyotga tatbiq qilgandi.

Bu istiqbolli texnologiyani oddiygina “Yuqori ko'rsatkichdagi aloqa” yoki “Suhbatdoshingiz yoningizda turgandek effektga ega ovoz” deb aytish mumkin.

Mobil telefon orqali HD Voice texnologiyasidan foydalanib so'zlashganda suhbatdoshingiz go'yoki yoningida turgandek his paydo bo'ladi.

HD Voice texnologiyasi nutq anglanishini sezilarli darajada oshiradi, so'zlarning oxiri yo'qolib qolishi effektini bartaraf etadi, ovoz tembri, alohida tovushlarning aytilishi va suhbatdosh nutq ohangini buzilishlarsiz uzatadi.

Agar telefonda suhbatlashayotgan ikki mijoz “UZMOBILE GSM”ning 3G tarmog'ida bo'lsa va ularning telefonlari WB-AMR kodegini qo'llab-quvvatlasa, HD Voice avtomatik ravishda ishga tushadi.

“Suhbatdoshingiz yoningizda turgandek effekti” sizga o'zingizning suhbatdoshingizdan ko'plab kilometrlar uzoqlikda joylashganingizni unutishingizga imkon beradi.

Iyun oyida Uzmobile "Uzcard" terminallari uchun yangi tarif rejani ishga tushirgandi.

Ushbu tarif rejasiga ulanish bepul, SIM-karta narxi boshlang'ich abonent to'loviga kiritilgan. Abonent to'lovi oyiga 1,5 dollar unga ma'lumotlar uzatish (VPN) 100 Megabayt trafik kiritilgan, limitdan tashqari bir megabayt narxi - 0,07 dollar.

Mazkur tarif reja turli: to'lov terminallari, bankomatlar, infokiosklar va boshqa qurilmalar o'rtasida ajratilgan, himoyalangan VPN kanali orqali M2M tezkor va ishonchli aloqa zarur bo'lgan barcha holatlarda kerak bo'ladi. UZMOBILE M2M aloqa kanali bo'yicha ma'lumotlar uzatish deyarli darhol sodir bo'ladi, shu sababli hisoblash maksimal darajadagi aniqlikdagi imkoniyat bilan amalga oshadi.

«O'zbektelekom» AK - O'zbekiston Respublikasi hududlarini o'z tarmoqlari bilan qamrab olgan yirik telekommunikatsiyalar operatori hisoblanadi. Kompaniya quyidagi xizmatlarni ko'rsatadi: mutloq va mobil aloqa operatorlari hamda provayderlariga kanallarni ijaraga berish xizmatlari, xalqaro va shaharlararo aloqa xizmatlari, ovozli aloqa va ma'lumotlar uzatish xizmatining barcha turlarini, Internet tarmog'idan foydalanish, videokonferensaloqa xizmatlarini, CDMA-450 va GSM standartida mobil aloqa xizmatlarini taqdim etadi, televizion va radioeshittirish dasturlarini uzatish uchun kanallar tashkil etadi. Kompaniyaning bozordagi xizmatlari to'rtta — UZTELESOM™, UZMOBILE™, UZONLINE™ va TELESOM TV™ savdo belgilari ostida ko'rsatiladi. Kompaniya tarkibida 22 ta filial faoliyat olib boradi, ulardan 14tasi mintaqaviy, 8 ta ixtisoslashtirilgan va 3tasi sho'ba korxonalaridir. Kompaniya xodimlarining soni 2014 yil oxirida 14 000ga yaqinni tashkil etdi. «O'zbektelekom» AK Mobil va mutloq, shaharlararo va xalqaro aloqa, ma'lumotlar uzatish va Internet xizmatlarini ko'rsatuvchi sakkizta qo'shma korxonalarida o'z ulushiga ega.

Eslatib o'tamiz, UZMOBILE GSM kompaniyasi raqamlarining kodi butun O'zbekiston bo'yicha (+998) 99 raqamlaridan iborat.

Яндекс.Метрика