У нас есть только
оригинальные песни

UZONLINE Avgust, Sentabr, endi Oktabrda ham sifatsiz

calendar 14.10.2015
1974

"O‘zbektelekom" AK hamkorlari tarmog‘ida ishlar olib borilishi munosabati bilan 2015-yil  31-oktabrga qadar davr mobaynidagi Internet xizmatlari taqdim etilishining sifati yomonlashishi mumkin. 
Ushbu kompaniyaning rasmiy saytida tashrif buyursangiz yuqorida keltirilgan xabarlarga o'xshagan 99% uzr so'rab yozilgan yangiliklarni o'qishimiz mumkin.

Iyul oyining oxiridan boshlab UZONLINE mijozlariga avval 1-sentabrgacha,  keyin 1-oktabrgacha endi esa 1-noyabrgacha internet sifatining yomonlashi haqida rasmiy saytida xabarlarni joylashtirib kelmoqda. Nega belgilangan muddatlarda rejalashtirilgan ishlar tugatilmayapdi. Balki 1-noyarbda ham tugamasligi mumkin... Belgilangan tarif rejalari bo'yicha tezliklar abonaetlarga taqdim etilmayapdi. Masalan 2 Mb/s tezlikni taminlovchi tariflarda haqiqiy tezlik 0.5 Mb/s gacha zo'rg'a chiqyapdi. Tarif rejasida belgilangan narxlar oxirgi tinigacha hisob raqamidan yechib olinyapdi. Nega tarifda belgilangan tezlik taqdim etilmagan oylarda abonentlarda hisobdan nohaq olingan pullar qaytarilmayapdi. 

Nima Uzonline hisobdan belgilangan pulni yechib olishni biladiyu, olingan pulga belgilandan tezlikni abonetntlarga taqdim etish imkoniyatiga ega emasmi. Agar yuqori tezlikni taminlashga imkoniyati bo'lmasa, imkoniyati yetadigan tezlikdagi tariflarni taqdim etsin, mijozlarni aldamasdan.  Shaxsan uzim ham Uzonline kompaniyasi abonentiman. Bir necha oydan beri xizmatning sifatsizligi va shartnoma shartlarining bararilmayotganli sababli menga yetkazilgan moddiy va manaviy zararni Uzonline qoplay olarmikan. 
G'urur bilan "Milliy internet pravayderimiz" degan tarifni sharmanda qilayotgan kompaniya qachon o'z mijozlariga sifatli va yuqori tezlikni taqdim etish qobiliyatiga ega bo'ladi. 

Siz bu kompaniya haqida qayday fikrdasiz?
Яндекс.Метрика