У нас есть только
оригинальные песни

UzReport bugun tunda “El-Klasiko”ni olib beradi

calendar 23.04.2017
1753

Ispaniya La ligasining mavsumdagi markaziy o‘yinlaridan biri bugun — 23-aprel kuni tunda bo‘lib o‘tadi — “El-Klasiko”.

Toshkent vaqti bilan 23:45 dan boshlab “Real Madrid” va “Barselona” klublari o‘rtasidagi yil o‘yini UzReport’da jonli namoyish etiladi. Bu Ispaniya La ligasining yakshanba oqshomidan joy olgan telekanaldagi yagona translyatsiyasi bo‘ladi.

Kecha — 22-aprel kuni Madridning boshqa bir klubi “Atletiko” Barselonaga tashrif buyurib, 1:0 hisobida zafar quchib qaytdi. Bellashuvdagi yagona gol Antuan Grizmann hisobiga yozildi.

Shu tariqa “Atletiko” va “Barselona” o‘rtasidagi ochkolar farqi endilikda 4 tani tashkil qilmoqda. Bugun Kataloniya klubi ashaddiy raqibiga imkoniyatni boy bersa, chempionlik masalasi deyarli hal bo‘ladi. Uchrashuvda Luis Enrike shogirdlari zafar quchsa, chempionlik poygasi yanada qiziqarli tus oladi.

Ma’lumot uchun, “El-Klasiko”ning birinchi davra “Nou Kamp”da o‘tgan o‘yinida 1:1 hisobi qayd etilgandi.

Ispaniya La ligasi
33-tur o‘yinlari
21-aprel, juma

“Sevilya” — “Granada” 2:0

Gollar: Ganso, 4 (1:0). Ganso, 46 (2:0).

22-aprel, shanba

“Malaga” — “Valensiya” 2:0

Gollar: Xose Resio, 36 (1:0). Sandro Ramires, 40 (2:0).

“Vilyarreal” — “Leganes” 2:1

Gollar: Sedrik Bakambyu, 68 (1:0). Migel Anhel Gerrero, 90 (1:1). Sedrik Bakambyu, 92 (2:1).

“Osasuna” — “Sporting” 2:0

Gollar: Xorxe Mere, 19-avt (1:0). Kenan, 72 (2:0).

“Espanyol” — “Atletiko” 0:1

Gol: Antuan Grizmann, 73 (0:1).

23-aprel, yakshanba
“Real Sosyedad” — “Deportivo” — 15:00
“Selta” — “Betis” — 19:15
“Las-Palmas” — “Alaves” — 21:30
“Real Madrid” — “Barselona” — 23:45

Яндекс.Метрика