У нас есть только
оригинальные песни

UzReport TV telekanali UЕFA Chempionlar Ligasi o'yinlarini O'zbekiston hududida translyatsiya qiladi

calendar 25.08.2015
1643


UzReport TV telekanali UЕFA Chempionlar Ligasi o'yinlarini O'zbekiston hududida translyatsiya qilish huquqlari paketini sotib oldi. Bu haqda UzReport axborot agentligi xabar tarqatdi.

Manbaning yozishicha, mazkur paket bepul televidenie, internet va mobil aloqa vositalari orqali o'yinlarni tranlyatsiya qilish, «Highlights», «Magazines» dasturlarini efirga uzatish huquqlarini o'z ichiga oladi.

2015/2016-yilgi mavsum guruh bosqichi o'yinlaridan boshlab to'g'ridan-to'g'ri translyatsiya qilinadi. Hozirda telekanalda o'yinlarni sharhlab borish uchun sharhlovchilarni saralab olish va to'g'ridan-to'g'ri efirni amalga oshirish uchun talab etiladigan texnik uskunalarni o'rnatish ishlari amalga oshirilmoqda. UЕFA Chempionlar ligasining 2015/2016 yilgi mavsum guruh bosqichiga qur'a tashlash marosimi 27 avgust kuni Monakoda bo'lib o'tadi. Guruh bosqichining dastlabki o'yinlari va ularning UzReport TV orqali to'g'ridan-to'g'ri translyatsiyasi esa 15 sentyabrdan boshlanadi

Яндекс.Метрика