У нас есть только
оригинальные песни

UZREPORT TV telekanali “Yamal 401” sun’iy yo‘ldoshi orqali efirga uzatila boshlandi

calendar 03.12.2015
2294

UZREPORT TV telekanali 2015-yil 1-dekabrdan o‘z ko‘rsatuv va dasturlarini “Yamal 401” sun’iy yo‘ldoshi orqali uzatishni boshladi. Bu haqda UzReport xabar bermoqda.

“Sun’iy yo‘ldosh antennasiga ega har bir yurtdoshimiz kunning istalgan vaqtida, O‘zbekistonning istalgan hududida UZREPORT TV telekanalini tomosha qilish imkoniyatiga ega bo‘ldi”, — deyiladi xabarda.

Qayd etishlaricha, UZREPORT TV tashkil etilganidan boshlab, telekanalning qamrov hududini kengaytirish bo‘yicha juda ko‘p murojaatlar kelib tushgan. O‘zbekistonning turli hududlaridagi teletomoshabinlarning iltimoslarini inobatga olib, UZREPORT TV’ni sun’iy yo‘ldoshga olib chiqish bo‘yicha salmoqli ish olib borildi.

Ma’lumot uchun, UZREPORT TV telekanali biznes yo‘nalishidagi ko‘rsatuvlar, ma’rifiy-ommabop dasturlar bilan bir qatorda, 2015-yildan boshlab futbol bo‘yicha Yevropa Chempionlar Ligasi va Angliya Premyer-ligasi uchrashuvlarini jonli efirda namoyish etishni boshladi.

UZREPORT TV telekanali signalini qabul qilish uchun texnik ko‘rsatkichlar

  • Sun’iy yo‘ldosh — “Yamal 401”, Ku diapazonining 90 daraja shimoliy nuri;
  • Qabul chastotasi — 11,505705 GGs;
  • Simvol tezligi — SR = 2280 ksps;
  • Modulyatsiya — DVB-S QPSK 1/2;
  • Qabul polyarizatsiyasi — vertikal;
  • Ajrata olish o‘lchami — standart (720 x 576i);
  • Kompressiya — MPEG-4;
  • Tavsiya qilingan antenna diametri — 100 santimetrdan ortiq.

 

Яндекс.Метрика