У нас есть только
оригинальные песни

UzTrade AQShga 500 ming dollarlik quritilgan meva yetkazib beradi

calendar 17.03.2018
843

Tashqi savdo vazirligi qoshidagi UzTrade kompaniyasi AQShning Golden Natural Product kompaniyasi bilan 500 ming dollar qiymatidagi quritilgan meva va sabzavot mahsulotlarini yetkazib berishga shartnoma imzoladi. Bu haqda vazirlik matbuot xizmati ma’lum qildi.

Mazkur eksport shartnomalari UzTrade hamda kompaniyaning AQShdagi savdo uyi — UzAmerican Trade o‘rtasida imzolangan kelishuvlar asosida amalga oshirilmoqda.

Best Tastes Technology qo‘shma korxonasi tomonidan ishlab chiqarilgan UzKand mahalliy belgisi ostidagi quritilgan meva va sabzavot mahsulotlarining ilk partiyasi eksport qilindi.

Joriy hafta yakunigacha Qo‘shma Shtatlarga Khonqa Express Export korxonasi tomonidan yetishtirilgan 23 tonna Xorazmning mashhur “Lazer” guruchi eksporti ham rejalashtirilgan.

Яндекс.Метрика