У нас есть только
оригинальные песни

VAFODORING BO'LMASA GAR YONINGDA...

calendar 17.10.2012
2957

VAFODORING BO'LMASA GAR YONINGDA...

Og'riq tursa agar jismu-joningda,
Shirin so'zga mushtoq bo‘lgan oningda,
Yomon bo'lar,og'ir bo'lar,juda og‘ir —
Vafodoring bo'lmasa gar yoningda.


Dunyoga termulgan ko'zlaring tolar,
Odamlar qalbingga og'riqlar solar.
Yashashning ma’nosi, sehri yo'qolar,
Vafodoring bo'lmasa gar yoningda.


Molu-davlat balki bisyor bo'ladi,
Xushomadlar garchi tayyor bo'ladi,
Yuragingga g'amu-g'ussa to'ladi,
Vafodoring bo'lmasa gar yoningda.


Senga oshnolar ham yuzin buradi,
Omad kelgan insonlarga yuguradi,
Xiyonatdan aqlu hushing lol turadi —
Vafodoring bo‘lmasa gar yoningda.


Sarson-sarson izlagaysan mehrni,
Kimlardandir ko'zlagaysan mehrni,
Topolmasdan bo'zlagaysan mehrni,
Vafodoring bo'lmasa gar yoningda.
Яндекс.Метрика