У нас есть только
оригинальные песни

Vannaxonani tozalash borasida 8 ta foydali maslahat

calendar 20.07.2017
2068

Agar muntazam ravishda tozalash ishlarini amalga oshirsangiz, mikroblar siz uchun qo‘rqinchli emas. Bugun siz vannaxonada tartib va tozalikni saqlab turishga yordam beruvchi bir necha maslahatlar bilan tanishasiz.

  1. Vannaxonaga matoli parda iling va uni bioplyonkalar paydo bo‘lishi va o‘sishiga yo‘l qo‘ymaslik uchun eng yuqori haroratda yuving.

Bioplyonka — biror-bir yuzada joylashgan va hujayralari bir-biriga bog‘langan ko‘plab mikroorganizmlar. Tadqiqotlarga ko‘ra vannaxona uchun vinilli pardalar bakteriyalar paydo bo‘lishi uchun mukammal muhit hisoblanadi.

  1. Unitazga ¼ stakan xlorli oqartiruvchi quying va yuvishdan oldin bir necha daqiqa qoldiring. Bu tadbirni har hafta o‘tkazing.

Unitaz – bakteriyalar to‘planadigan joy ekanligini unutmang, shuning uchun uni muntazam ravishda tozalab turish lozim.

  1. Unitaz uchun hapdorilar qiling.

Buning uchun sizga: 1 stakan soda, ¼ stakan limon kislotasi, 1 osh qoshiq sovun kerak bo‘ladi. Ularning hammasini aralashtiring, formachalarga quying va qotishini kuting. Bir haftada bir necha marta bir donadan unitaz ichiga tashlang va 20 daqiqadan keyin suv oqizing.

  1. Cho‘tkani ochiq va tik holatda saqlang

Agar cho‘tkani konteyner ichida saqlasangiz, bakteriyalarning sevgan muhiti – namlik paydo bo‘ladi. Har 3-4 oyda cho‘tkani almashtiring.

  1. Muntazam ravishda tish cho‘tkalari turadigan idishni issiq suv va sovun bilan yuving

Tish cho‘tkalari turadigan idish bakteriyalarning vannaxonadagi eng sevimli joyi hisoblanadi.

  1. Har hafta rakovinaning suv oqadigan trubasini xlorli vosita bilan yuving

Bu chora ifloslanishning oldini olish uchun zarur. Xlor bakteriyalarni o‘ldiradi, shuning uchun rakovinani suvga to‘ldiring va 1 stakan xlorli vosita quying. 10 daqiqadan so‘ng suvni oqizing.

  1. Vannaning suv oqadigan trubasi ichiga 1 stakan osh sodasi seping, keyin esa 1 stakan sirka quying

Yoqimsiz hidni ketkazishning eng yaxshi yo‘li. Sodani 5 daqiqa qoldiring, keyin sirkani quying, 10 daqiqadan keyin issiq suv bilan yuving.

  1. Vannani timyan va evkalipt efir yog‘lari bilan yuving

Bu yog‘lar oltinrang stafilokokk bilan kurashishda benihoya samaralidir.

Oltinrang stafilokokk – teri infeksiyasini keltirib chiqaradigan bakteriya. Ko‘pincha bu dushman bizni vannada kutib turadi, undan xlor yordamida qutulish mumkin. Lekin u zaharli. Eng yaxshi o‘rnini bosuvchilar – timyan va evkalipt efir yog‘lari hisoblanadi.

Endi siz hammasini bilib o

Яндекс.Метрика