У нас есть только
оригинальные песни

Vaqtida saqlanmagan Word faylini qanday qilib qayta tiklash mumkin?

calendar 01.10.2016
1139

Ko‘pchilik kompyuter va noutbuk foydalanuvchilariga yaxshi ma’lumki, Microsoft Word matn tahriri dasturi hujjat ustida ish ketayotgan paytda ham uni saqlab turadi. Shu bois biror sababga ko‘ra vaqtida saqlanmagan faylni qayta tiklash imkoni bor. Bu haqda “JustCoolIdea.ru” sayti hikoya qiladi.

Fayl saqlanmay turib dastur yopilgan yoki kompyuter o‘chgan bo‘lsa, saqlashdan oldin kiritilgan ma’lumotlarni tiklash uchun uncha qiyin bo‘lmagan bir qancha amallarni bajarish kerak. Ma’lumotlar kompyuter ichida saqlangani tayin, ularning joylashuv yerini topish kifoya.

Asosiy oynada (Word’ning eski versiyalarida — “Fayl” menyusi) “Svedeniya” (“Ma’lumotlar”) bandini toping. U yerda “Upravleniye dokumentom” (“Hujjatni boshqarish”) punkti bor. Ushbu punkt “Vosstanovit nesoxranenniye dokumenti” (“Saqlanmagan hujjatlarni tiklash”) funksiyasini taklif etadi.

Bu o‘rinda bir qancha fayllar orasidan keragini tanlash talab etiladi.

Яндекс.Метрика