У нас есть только
оригинальные песни

Vatanim sajdagohim kabi muqadassan! 20 yoshin muborak!

calendar 31.08.2011
13673


Yoding bilan bag'rim butun qayda bo'lsam,

Arziydida shukur aytib sajda qilsam.

Atirguling tikoniga botib o'lsam,

Vujudimni iymonlarga ko'mgan vatan.

Vatan mening shijoatim jasoratim,

Vatan mening olovga teng haroratim.

Bu hayotda topgan bor yuq halovatim.

Chiroyingdan nigohlarim kulgan Vatan!


Men Vatan xaqida yozmoqchi bo'lgan,lekin uddalay olmagan,sher satriga keltira olmagan so'zlar bular.Qancha urinmay xaddim sig'maydi .Kim bilsin extimol vaqti kelmagandir,Yoki yuragimdagi nish urgan sog'inch gullab ulgurmagandir.Madx etmoqqa chog'lanaman lekin tilim ojiz.Shundan his etaman "Vatan"so'zini qanchalik buyuk va betakror ekaniligini.

Har tong salqin saharlaringda uyg'onib,go'zal jamolingni ko'rib kuzim quvnaydi.O'tmishinga nazar solsam buyuk ajdodlarim bilan faxirlanaman.Axir bobolarimizdek butun dunyoni egallagan buyuklar yana qaysi yurtda bor.Kelajagi buyuk yurtim faxrim mening.Mustqil yurtimiz bizga katta imkonyatlarni berdi.Vatanim senga sherlar bitmaslik gunohdir,O vatanim , chamanim,gul diyorim o'zim kuylab o'lsam diyman dardingni.O'zbek shunday xalqdurki mehmonni aziz bilib uy to'ridan joy bergan,O'zbegim shunday xalqdurki doim xalol non topgan.Qayga bormay obodonchilikni ko'rib ko'zlarim quvnar.Ming shukurkim osminimiz musaffo,elimiz tinch biz esa ozod yurtning mag'rur farzandlarimiz.Bularni hammasi mustaqilligimizni sharofati.Bu kunlarga yetish oson buldimi?Qancha insonlar shu kunlarni ko'rolmay armonda ketdi.bu kunlarga yetish uchun yurtboshimiz qanchadan qancha tunlarni bedor o'tqazdilar,qanchadan


qancha alpomishdek o'g'lonlar jonlarini qurbon qilishdi.Biz yoshlar esa qo'lni qo'lga berib ajdodlarga munosib avlod bo'laylik.shu jannatmakon yurtni sevishga qasamyd qilaylik.Mustaqilligimiz biga qanchadan qancha imkoniyatlar berdi.Biz bundan oqilona foydalanib yurtimiz ravnaqi uchun o'z hissamizni qo'shaylik.o'zbekistonni sevib unga munosib farzand bo'lishga Vatan uchun jonimizni fido qilishga qasamyod qilaylik.


Xurmat ila Miranda_89 va Lauren_Ewans

Яндекс.Метрика