У нас есть только
оригинальные песни

Vazelinning siz bilmagan xususiyatlari

calendar 20.06.2017
2952

Ko‘pchilik ayollar go‘zallik uchun ishlatiladigan, arzon va samarali vosita izlaydi. Biz sizga vazelinning foydali xususiyatlari va uning faqat go‘zallikda emas, balki boshqa maqsadlarda ham qo‘llanilishi haqida ba’zi ma’lumotlar bermoqchimiz.

Teri uchun

Bilagingiz va bo‘yningizga atir purkashdan oldin teringizga vazelin suring. Bu vosita hidni o‘ziga singdirib oladi va uzoq vaqt saqlab turadi.

Toshmalarning oldini olish uchun vazelindan bolalar tagliklari ostidan suriladigan vosita sifatida foydalaning. Surishdan oldin bolaning terisini yaxshilab yuving va sochiq bilan artib oling. Vazelin terini doimiy namlik ta’siridan himoya qiluvchi to‘siq hosil qiladi.

Yuz uchun

Tenlardan foydalanishdan oldin qovog‘ingiz terisiga biroz vazelin surib qo‘ying. Ularni uzoq vaqt ushlab turishdan tashqari qovoqlarga yengil yaltiroqlik ham beradi.

Uxlashga yotishdan oldin kipriklaringiz ustiga yupqa qilib vazelin suring: bu vaqt o‘tishi bilan ularning o‘sishiga va qalinlashishiga yordam beradi.

Makiyajni olib tashlash uchun paxta diskni vazelinga botirib makiyaj qilingan joylarni arting. Bu vosita hatto suvga chidamli kosmetikani ham yaxshi ketkazadi.

Sochlar uchun

Sochlarning “gullagan” uchlarini tiklaydi. Quruq sochlarning uchlariga vazelin suring va 15-20 daqiqa qoldiring. Bu vosita sochlar uchlarining “gullagan” joylarini yaxshilab “kavsharlaydi” va bir necha marta qo‘llanilgandan keyin sochlar holati ancha yaxshilanadi.

Sochlarni bo‘yashda terini himoya qiladi. Bo‘yoqlar yoki xina bilan ishlashda vazelinni sochlar uzunligi bo‘yicha suring. Bu terini bo‘yoqlardan himoya qiladi.

Tirnoqlar uchun

Tirnoqlarni bo‘yashda tirnoqqa tegizmasdan chekkalariga biroz vazelin surib qo‘ying. Bu bilan siz lakning teriga tegmasligini ta’minlagan bo‘lasiz.

Яндекс.Метрика