У нас есть только
оригинальные песни

Vazirlik maktab darsliklari uchun ijara narxlarini belgiladi

calendar 29.08.2017
1467

Yangi o'quv mavsumida umumta`lim maktablarini darsliklar bilan ta`minlash ijara tizimiga kiritilgan darsliklar to'plamiga belgilangan yagona to'lov miqdori e`lon qilindi. Bu haqda Xalq ta`limi vazirligi Axborot xizmati xabar berdi.

Unga ko'ra, 2017/2018 o'quv yilida umumta`lim maktablarini darsliklar bilan ta`minlash ijara tizimiga kiritilgan ta`lim o'zbek tilida olib boriladigan maktablar uchun darsliklar ijara to'plamiga belgilangan yagona ijara to'lov miqdori quyidagicha belgilandi.

T/r

Sinf

To'plamga kiritilgan darsliklar ro'yxati

To'plamdagi darsliklar soni

Darslik bir
to'plami uchun
yillik ijara
narxi
(so'm)

1

2-sinf

Ona tili, O'qish kitobi, Rus tili, Matematika, Atrofimizdagi olam, Odobnoma, Tasviriy san`at, Musiqa, Jismoniy tarbiya, Mehnat ta`limi.

10

8 500

2

3-sinf

Ona tili, O'qish kitobi, Rus tili, Matematika, Tabiatshunoslik, Odobnoma, Tasviriy san`at, Musiqa, Jismoniy tarbiya, Mehnat ta`limi.

10

9 800

3

4-sinf

Ona tili, O'qish kitobi, Rus tili, Matematika, Tabiatshunoslik, Odobnoma, Musiqa, Jismoniy tarbiya, Tasviriy san`at, Texnologiya.

10

11 900

4

5-sinf

Ona tili, Adabiyot (1,2-qism), Rus tili, Tarixdan hikoyalar, Matematika, Botanika, Tabiiy geografiya boshlang'ich kursi, Vatan tuyg'usi, Musiqa, Tasviriy san`at, Mehnat ta`limi, Informatika va axborot texnologiyalari.

12

7 400

5

5-sinf*

Ona tili, Adabiyot (1,2-qism), Rus tili, Tarixdan hikoyalar, Botanika, Tabiiy geografiya boshlang'ich kursi, Vatan tuyg'usi, Musiqa, Tasviriy san`at, Mehnat ta`limi, Informatika va axborot texnologiyalari, Matematika (iqtidorli bolalar uchun)

12

9 600

6

6-sinf

Ona tili, Adabiyot (1-2 qism), Rus tili, Tarix, Matematika, Fizika, Botanika, Informatika va axborot texnologiyalari, Geografiya, Musiqa, Tasviriy san`at, Texnologiya, Vatan tuyg'usi.

13

11 000

7

6-sinf*

Ona tili, Adabiyot (1-2 qism), Rus tili, Tarix, Botanika, Informatika va axborot texnologiyalari, Geografiya, Musiqa, Tasviriy san`at, Texnologiya, Vatan tuyg'usi, Matematika (iqtidorli bolalar uchun), Fizika (iqtidorlik bolalar uchun).

13

15 000

8

7-sinf

Ona tili, Adabiyot, Rus tili, O'zbekiston tarixi, Jahon tarixi, Algebra, Geometriya, Fizika, Kimyo, Zoologiya, Geografiya, Informatika va axborot texnologiyalari, Musiqa, Tasviriy san`at, Texnologiya, Milliy istiqlol g'oyasi va ma`naviyat asoslari.

16

13 700

9

7-sinf*

Ona tili, Adabiyot, Rus tili, O'zbekiston tarixi, Jahon tarixi, Geometriya, Kimyo, Zoologiya, Geografiya, Informatika va axborot texnologiyalari, Musiqa, Tasviriy san`at, Texnologiya, Milliy istiqlol g'oyasi va ma`naviyat asoslari, Algebra (iqtidorli bolalar uchun), Fizika (iqtidorli bolalar uchun).

16

18 900

10

8-sinf

Ona tili, Adabiyot (1, 2-qism), Rus tili, O'zbekiston tarixi, Jahon tarixi, O'zbekiston davlat va huquq asoslari, Iqtisodiy bilim asoslari, Algebra, Geometriya, Fizika, Kimyo, Odam va uning salomatligi, Geografiya, Milliy istiqlol g'oyasi va ma`naviyat asoslari, Informatika va axborot texnologiyalari, Chizmachilik.

16

8 900

11

8-sinf*

Ona tili, Adabiyot (1, 2-qism), Rus tili, O'zbekiston tarixi, Jahon tarixi, O'zbekiston davlat va huquq asoslari, Iqtisodiy bilim asoslari, Geometriya, Kimyo, Odam va uning salomatligi, Geografiya, Milliy istiqlol g'oyasi va ma`naviyat asoslari, Informatika va axborot texnologiyalari, Chizmachilik, Algebra (iqtidorli bolalar uchun), Fizika (iqtidorli bolalar uchun)

16

13 900

12

9-sinf

Ona tili, Adabiyot (1, 2-qism), Rus tili, O'zbekiston tarixi, Jahon tarixi, Konstituttsiyaviy huquq asoslari, Iqtisodiy bilim asoslari, Algebra, Geometriya, Informatika va axborot texnologiyalari, Fizika, Kimyo, Biologiya sitologiya va genetika asoslari, Jahon iqtisodiy -ijtimoiy geografiyasi, Milliy istiqlol g'oyasi va ma`naviyat asoslari, Chizmachilik.

16

9 400

13

9-sinf*

Ona tili, Adabiyot (1, 2-qism), Rus tili, O'zbekiston tarixi, Jahon tarixi, Konstituttsiyaviy huquq asoslari, Iqtisodiy bilim asoslari, Geometriya, Informatika va axborot texnologiyalari, Kimyo, Biologiya sitologiya va genetika asoslari, Jahon iqtisodiy -ijtimoiy geografiyasi, Milliy istiqlol g'oyasi va ma`naviyat asoslari, Chizmachilik, Algebra (iqtidorli bolalar uchun), Fizika (iqtidorli bolalar uchun)

16

11 900

O'zbekiston Respublikasi Adliya vazirligi tomonidan 2014 yil 28 aprelda 2577 sonli raqam bilan ro'yxatdan o'tkazilgan «Umumta`lim maktablarini darsliklar va o'quv-metodik qo'llanmalar bilan ta`minlash tartibi to'g'risida»gi Nizomning 43-bandiga asosan darsliklar to'plami uchun ijara to'lovlari umumta`lim maktabining shaxsiy g'azna hisob varag'iga naqd pul yoki naqd pulsiz shaklda to'lanishi mumkin.

Darsliklardan foydalanish usulidan qat`i nazar, ular yo'qolgan yoki foydalanishga yaroqsiz holatga kelib qolgan taqdirda, o'quvchining ota-onasi yoki ularning o'rnini bosuvchi shaxslar yoxud homiylar yoki o'qituvchilar zararni xuddi shunday darsliklar bilan qoplaydi yoxud ko'rsatilgan qiymatini quyidagi miqdorlarda to'laydi:

• birinchi sinf o'quvchilarining har bir darsliklari uchun — uning bir baravari miqdorida;

• 2 – 4 sinf o'quvchilarining har bir darsliklari uchun — uning ikki baravari miqdorida;

• 5 – 9 sinf o'quvchilarining har bir darsliklari uchun — uning to'rt baravari miqdorida.

Shuningdek, birinchi sinf o'quvchilari, «Mehribonlik» uylari, maxsus maktab va maktab-internatlarning tarbiyalanuvchilari bo'lgan o'quvchilar va ijtimoiy yordamga muhtoj bo'lgan oilalardagi o'quvchilar umumta`lim maktabi kutubxona jamg'armasi tomonidan darsliklar to'plami bilan bepul ta`minlanadi. Quyida ta`lim TOJIK, QORAQALPOQ, RUS, TURKMAN, QIRG'IZ, QOZOQ tillarida olib boriladigan maktablar uchun darsliklar ijara to'plamiga belgilangan yagona ijara to'lov miqdori bilan tanishishingiz mumkin.

Яндекс.Метрика