Vazn tashlashning uddasidan chiqqanlardan ozish uchun 7 tavsiya

Sertifikatli murabbiy va mashhur Chicago Tribune'ning bosh fitnes-sharhlovchisi Jyeyms S.Fell bunday muvaffaqiyatga osonlikcha erishmadi. Jyeyms 30 yoshga kelib nafas siqishi, fast-fudga bo'lgan mehri va nosog'lom vazni bilan "maqtana olardi". Ko'zgu bilan navbatdagi uchrashuv yigitning kayfiyatini shu qadar tushirdiki, u o'zini qo'lga olishga qaror qildi va atigi ikki yilda orzusidagi qomatni "qurish"ga muvaffaq bo'ldi. Fellning ta`kidlashicha, hattoki dunyoning eng semiz kishisini ham ozishga majbur qiluvchi bir necha amaliy tavsiya bor. Trendymen ularning eng asosiylari bilan bo'lishdi.

Mashg'ulotlarga mehr qo'ying

Birinchi navbatda, mashg'ulotlardan zavq olishni o'rganing. Ongingiz rad etayotgan narsani bajarishga o'zingizni majburlay olmaysiz. Ozish uchun uzoq shug'ullanishga to'g'ri keladi. Jismoniy mashg'ulotlarni majburiyat emas, ishchi kunlardan dam olish sifatida qabul qilishga harakat qiling. Yordam berishi kerak.

Tezkor maqsadlar

"Men ozishni xohlayman" - maqsad haddan ziyod uzoq va noaniq. Vizual natijani ko'rmasangiz, go'yoki maqsadsiz harakatlanayotgandek bo'lasiz. Shuning uchun aniq, qisqa muddatli maqsadlar qo'yib, ularga yetishishni o'rganing. Masalan, mashg'ulotlar jadvalini muzlatgichga osib qo'yib, bajarilgan har bir kunni marker bilan o'chiring. Shunda natijani ko'ra boshlaysiz va o'ziga yarasha rag'bat paydo bo'ladi.

Mukammal qomat

Ko'zguga boqing va tan oling: ko'rayotganingiz - mukammal qomat emas. Hatto vaqti-vaqti bilan jismoniy mashqlarga vaqt ajratsangiz ham, doim undan-da ko'proq shug'ullanish imkoni mavjudligini unutmang. Shunchaki yaxshi ko'rinishga emas, ortingizdan boshqalar qayrilib qaraydigan darajada ko'rkam bo'lishga intiling. Bu yaxshi motvatsiya bo'lishi mumkin.

Majburiy nonushta

Ertalabki nonushta nafaqat metabolizmni tezlashtiradi, balki butun bir kun uchun yaxshi poydevor vazifasini o'taydi: yaxshi nonushta qilgan odam kun davomida ortiqcha kaloriya iste`mol qilmaydi. Bundan tashqari, ochlik hissi kechroq keladi, tushlikning kechikishi esa kechki ovqatni umuman bekor qilish imkonini beradi.

Uyquga yotishdan avval tamaddi qilish

Uyquga me`yoriy ochlik hissi bilan yoting. Bu — normal hissiyot, organizmingiz kechki tamaddidan olingan quvvatni qayerga qo'yishni bilmaydi. Bundan bir necha usul bilan qochish mumkin: bir piyola qaynoq giyohli choy oshqozonni to'ldiradi, tishlarni tozalash esa o'zingizni tiyishga va tunda muzlatgich yoniga yaqinlashmaslikka yordam beradi.

Haddan tashqari to'yib qolmang

To'qlik hissini tuyishga harakat qiling. Ovqatdan qoniqish hosil qilib, yana biroz tamaddi qilish imkoni borligini his qilganingizda stoldan turish uchun o'zingizni qo'lga ola bilishingiz kerak. Bu qiyin va qandaydir tajriba talab qiladi, biroq natija shunga arziydi. Yengil ochlik hissi butun organizmni tonusda ushlashga yordam beradi - uyqu va charchoqdan asar ham qolmaydi.

Past kaloriyali mahsulotlarni tanlang

Bir Oreo pechenesi qancha kaloriyaga ega bo'lsa, chorak kilogramm ismaloq kaloriyasi shuncha bo'ladi. Past kaloriyali parhezga e`tibor qarating, u organizmingizni foydali moddalar bilan to'liq qoniqtira oladi. Bu vazifani amalga oshirishda, eng yaxshisi, sarxil meva va sabzavotlar yordam beradi.


Комментарии (0) | Добавить: 01.10.2017
Faqat ro'yhatdan o'tgan foydalanuvchilar izoh qoldirishi mumkin. Marhamat ro'yhatdan o'ting!
[ Регистрация | Kirish ]
MP3 va KLIP Izlash

«Новости»

Ronalduni o'z farzandi butun internetda sharmanda qildi …
Mourino darvozabon boshiga butilka bilan urdi
Yevropa Ligasi. Qur`a qanday kuchli juftliklarni hosil qildi?
Jeenbekov O'zbekistonga aloqador bitimni ma`qulladi
Neymar yana qiliq ko'rsatmoqda
2020-yilga kelib yo‘qoladigan 30 ta odatiy buyum
Zilzila vaqtida namoz o‘qiladimi?
O‘zbekiston uchun 1948-yilda AQShda imzolangan konvensiya kuchga kirdi
AQSh Davlat kotibi: Qo‘shma Shtatlar Shimoliy Koreya bilan muzokaralarga tayyor
Oq uy: Rossiya va Xitoy AQSh milliy xavfsizligiga tahdid tug‘diradi
Banklar tomonidan haq olinmaydigan xizmatlar qanday? (ro'yxat)
«Bizga ham kerak emas» - Ukraina Rossiya bilan temir yo'l qatnovini to'xtatmoqchi
Germaniya 2017 yil shamoldan energiya olishda rekord qo'yadi
Endi bachadon kerakmas...mi?!
Kumush saratonni davolashi aniqlandi
Xiaomi'ning hoshiyasiz Mi Mix 3 smartfoni suratlari tarqaldi
Og‘riq qoldiruvchi dorilar xavfli kasalliklarni keltirib chiqarishi aniqlandi
Qozog'iston ko'mir konidagi ishchilar yer yuzasiga chiqishdan bosh tortishmoqda
Samsung smartfonlarni zaryadlovchi "aqlli" kiyimni ixtiro qildi
Dubayda salkam 300 mln dollarlik safari-hayvonot bog'i ochiladi
Qozog'istonda Rossiya telekanallari o'chirib qo'yildi
Iblis izmidagi oqsoch
«WI-FI» BOLALAR SALOMATLIGIGA O'NGLAB BO'LMAYDIGAN ZARAR YETKAZADI
Tovuq tuxumi ichida brillant bor ekan
Koinot vaqti butunlay to'xtab qolishi mumkin
«Arsenal» yana ochko yo'qotdi
Avtomobildan foydalanish imkoniyatlari kengaymoqda - obuna bo'lish, karshering va ijara
Aeroporti yo'q 6 mamlakat: U yerlarga qanday borish mumkin?
Megalomaniya buyuklikka intilgan telbalar kasalligimi?
10 dekabr – O'zbekiston Respublikasining Davlat madhiyasi qabul qilingan kun