У нас есть только
оригинальные песни

Venesuelada davlat ishchilari haftasiga 2 kun ishlaydi

calendar 27.04.2016
863

Venesuela hukumati budjet sohasida ishlovchi ikki million xodimning ish haftasini ikki kungacha qisqartirdi. Bu haqda TJournal xabar beradi.

Ushbu chora mamlakatda davom etayotgan energetik tanqislikni yengish uchun qabul qilindi.

Venesuela prezidenti Nikolas Maduro televideniyedagi chiqishida budjet sohasida ishlovchi xodimlar 27-apreldan boshlab chorshanba, payshanba va juma kunlari ishlamasligini ma’lum qildi. Mazkur chora kamida ikki hafta davom etadi.

Venesueladagi elektr tanqisligi mamlakatdagi asosiy to‘g‘on suv sathining pasayishiga sabab bo‘lgan qurg‘oqchilik bilan bog‘liq.

Яндекс.Метрика