У нас есть только
оригинальные песни

Venesuelada eng kam oylik ish haqi 40 foizga oshirildi

calendar 01.01.2018
961

Venesuela hukumati yangi yilning birinchi kuni – 1 yanvardan eng kam oylik ish haqini 40 foizga oshirdi. Bu haqda mamlakat prezidenti Nikolas Maduro e`lon qildi. 

"Men butun mamlakat bo'ylab eng kam oylik ish haqini 40 foiizga oshirilishini e`lon qilaman", - degan u Venezolana de Television telekanalida efirga uzatilgan Yangi yil murojaatida. Prezidentning so'zlariga ko'ra, shu bilan eng kam oylik maosh 177,5 ming bolivardan 248,5 ming bolivarga oshadi. Davlat kursi bo'yicha 10 bolivar 1 dollarga teng bo'lsa-da, qora bozorda bir dollarga 110 ming bolivar berishadi. 

Maduroning qayd etishicha, 2017 yil "Bolivar inqilobi uchun eng murakkab yillardan biri bo'lgan". "2017 yili, iqtisodiyot tiklana boshlaganida <...>, milliy valyuta qadriga hujumlar kuchaydi va neft sanoatiga qarshi qo'poruvchiliklar kuzatildi", - dedi prezident. Uning qayd etishicha, qiyinchiliklarga qaramay, Venesuela "ijtimoiy tinchlik va siyosiy barqarorlikka erisha olgan".

Venesuela so'nggi bir necha yillar mobaynida jiddiy ijtimoiy-iqtisodiy inqirozni boshdan kechirmoqda. O'tgan yili mamlakat hukumati eng kam oylik ish haqini 5 marta oshirishga majbur bo'ldi. 

XVJ 2017 yil yakunlariga muvofiq, iste`mol tovarlari narxi 652,7 foizni, 2018 yilda bu raqam 2349,3 foizni tashkil etishini taxmin qilgan edi. 

Яндекс.Метрика