У нас есть только
оригинальные песни

Vertu eng, eng arzoni 7400 dollardan sotiladigan yangi smartfonlarini e’lon qildi

calendar 07.08.2016
2346

Qimmatbaho telefonlar ishlab chiqaradigan Vertu kompaniyasi uchta yangi smartfonini e’lon qildi.

Ular Vertu Aster kolleksiyasidan o‘rin olgan bo‘lib, ikki yil avvalgi yangiliklar — Qualcomm Snapdragon 801 protsessori (Samsung Galaxy S5’dagi kabi) va Android 5.1 Lollipop operatsion tizimi bilan texnik jihozlangan.

Smartfondagi yangilik esa uning tashqi ko‘rinishida. Ammo smartfonlar dizayni uchun qimmatbaho materiallardan foydalanilgan. Shu bois, ularning narxi ham qimmat.

Smartfonlarning to‘q sariq dengiz iloni terisidagi turi — 7400, pushti tuyaqush terisidagi turi — 7900, qora timsoh terisidagi turi esa —10 100 AQSh dollaridan sotiladi.

Bular Vertu’ning eng arzon telefonlari ham bo‘lishi mumkin. Kompaniyaning hatto Nokie Series 40 operatsion tizimidagi telefonlari 30 ming dollardan qimmatga sotilmoqda.

Яндекс.Метрика