Vertu smartfonlar ishlab chiqarishni to‘xtatdi

Britaniyaning lyuks toifadagi telefonlar ishlab chiqaruvchi Vertu kompaniyasi moliyaviy qiyinchiliklar sababli mamlakatdagi korxonasini yopishga qaror qildi.

Vertu egasi Murod Hoqon O‘zan kompaniyani bankrotlikdan qutqara olmadi. U kreditorlarga umumiy qarz 165 million dollar bo‘lgan holda 2,4 million dollar taklif etdi, biroq rad javobini oldi.

Vertu 1998-yilda Finlyandiyaning Nokia kompaniyasi bo‘linmasi sifatida tashkil etilgan, 2015-yilda esa Xitoyning Godin xoldingiga o‘tgandi. 2017-yil martida uni 50 million dollar evaziga biznesmen Murod Hoqon O‘zan sotib oldi.

Kompaniya telefonlari o‘rtacha 13 ming dollar baholanardi. Ularning sotuvini jonlantirish maqsadida narx 5—9 ming dollargacha pasaytirildi, biroq bu Vertu joniga oro kirmadi.


Комментарии (0) | Добавить: 15.07.2017
Faqat ro'yhatdan o'tgan foydalanuvchilar izoh qoldirishi mumkin. Marhamat ro'yhatdan o'ting!
[ Регистрация | Kirish ]