У нас есть только
оригинальные песни

Vetnam - O'zbekiston o'yini o'tkaziladimi? - Stadionda katta hajmdagi ishlar olib borilyapti

calendar 27.01.2018
1230

23 yoshgacha bo'lgan futbolchilar o'rtasidagi Osiyo chempionati finalidan o'rin olgan Vetnam - O'zbekiston o'yinining o'tkazilishi hamon so'roq ostida turibdi.

Ma`lumki, musobaqa hal qiluvchi bahsi bo'lib o'tadigan Changjou shahriga qattiq sovuq tushgan va qorga burkangan. Ayni paytda, stadionni qordan tozalash ishlari olib borilmoqda.

Eslatib o'tamiz, Vetnam - O'zbekiston o'yini 27 yanvar kuni soat 13:00da o'tkazilishi belgilangan. Meteorologlar bashoratiga ko'ra, o'sha kuni havo harorati 5 daraja sovuq bo'lishi va yana qor yog'ishi kutilmoqda.

Яндекс.Метрика