У нас есть только
оригинальные песни

Viber mobil tarmoq orqali amalga oshirilayotgan suhbatlarni kuzatish imkonini beradi

calendar 14.01.2017
1087

Habrhabr resursining tambovchanin nikli foydalanuvchisi Viber messenjerida muammo aniqlaganini bildirdi. Mashhur dasturda, agar suhbatdosh ovozli muloqot chog‘ida boshqa suhbat olib borayotgan bo‘lsa, uni eshitish va kuzatish mumkin ekan, deb xabar beradi “Hi-Tech.Mail.ru”.

Foydalanuvchining ta’kidlashicha, u muammoni 2016-yil oktabrida aniqlagan. Ikki foydalanuvchi Viber orqali audioaloqa qilayotgan bo‘lsa, ulardan biriga mobil tarmoq orqali birov qo‘ng‘iroq qilsa, Viber’dagi muloqot ikkinchi tarmoqqa o‘tkazib turiladi, ya’ni qo‘ng‘iroq kutish rejimida ushlab turiladi. Agar Viber orqali suhbatlashayotgan ikkinchi foydalanuvchi smartfonidagi “ushlab turish” tugmasini ikki marta bossa, u birinchi foydalanuvchining mobil tarmoq orqali suhbatini eshitib o‘tirishi mumkin bo‘ladi.

tambovchanin muammo haqidagi ma’lumotlarni Viber ishlab chiqaruvchilari elektron manziliga yo‘llaganini aytdi. Ammo ular shu paytgacha mujmal javob bilan cheklanayotgan edi, Habrhabr’dagi postingdan so‘ng esa ular Viber’ning Android versiyasida xatoni tuzatdi, lekin u iOS va Blackberry’dagi versiyalarda saqlanmoqda.

Яндекс.Метрика