У нас есть только
оригинальные песни

Video: Kim Chen Inning mashinasi atrofida yugurib ketayotgan 12 nafar qo‘riqchi

calendar 27.04.2018
1400

27-aprel kuni KXDR yetakchisi Kim Chen In Janubiy Koreya prezidenti Mun Chje In bilan Pxanmunjom chegara postida uchrashdi — tomonlar tarixiy muzokalarni olib bordi va birinchi marotaba bir-birining hududiga o‘tdi, deb xabar beradi TJournal.

Tanaffus vaqtida Kim Chen In limuzinga o‘tirib, o‘zining mamlakatiga yo‘l oldi. Ommaviy axborot vositalari esa bu vaqtda noodatiy kortejga guvoh bo‘ldi: 12 nafar qo‘riqchi avtomobil atrofida yugurib yurgan.

AFP ma’lumotlariga, bu elita bo‘linma bo‘lib, ularning vazifasi — KXDR rahbariyatini himoya qilishdan iborat. Ularning vakillari Pxyonchxanda bo‘lib o‘tgan Olimpiada o‘yinlariga ham tashrif buyurib, Kim Chen Inning singlisiga hamrohlik qilgandi.

 

Яндекс.Метрика