У нас есть только
оригинальные песни

Video: Pingvin oilaviy xiyonatni kechirmadi

calendar 07.11.2016
1669

National Geographic saytida ikkita magellan pingvini o'rtasida bo'lib o'tgan qonli jang manzarasi tushirilgan videorolik paydo bo'ldi. Bu rolikni Argentinadagi qo'riqxonada ishlovchi Punta Tombo videotasmaga tushirgan. Har kuz mavsumida bu yerda bir necha yuzlab pingvinlar qo'yib yuboriladi.

Aslini olib qaraladigan bo'lsa, magellan pingvinlarining juftlari uzoq yillar birga yashashadi. Buni hatto 16 yilga qiyoslashgan. Ammo hamma modalar ham bitta erkak pingvin bilan hayotini o'tkazishni istamagan, shekilli.

Urush shundan chiqqanki, nar uyga qaytib kelganida uning jufti o'ziga boshqa bir nar topib olgan edi. Pingvinlar shu zahoti bir-birlariga tashlanishdi, qanotlari bilan bir-birlarini savalay boshlashdi. Pingvinlarning qanoti o'ziga xos anatomik tuzilishga ega bo'lgani uchun, u raqibga qaqshatgich zarba berishi mumkin.

Bir safar janjal to'xtatildi va raqiblar moda birortalarini tanlashga chaqirildi. U esa yangisini tanladi va jang davom etdi.

«Xiyonatga uchragan er» so'nggi daqiqalarga qadar jang qildi, ammo kuchi yetmasligiga ko'zi yetgach, chekindi. Ketish chog'ida u inini buzib ketdi, g'olib esa unga qarata baqirdi va ortidan quvdi.

Яндекс.Метрика