У нас есть только
оригинальные песни

Videotakror tizimini o‘ylab topgan odam nimadan norozi?

calendar 01.07.2018
1013

Ispaniyalik Fransisko Lopes Xalqaro futbol federatsiyasi (FIFA)dan 15 million yevro tovon puli talab qilyapti. Ta’kidlanishicha, hakamlarga videoyordam tizimi (VAR)ni yaratish g‘oyasini aynan u birinchi bo‘lib taklif qilgan. «Life.ru» xabar berishicha, bu haqda Ispaniyaning «Marca» nashri yozmoqda.

Lopes 1999-yili futbol o‘yinlarida videotizimni yo‘lga qo‘yishga qaratilgan loyihasini Ispaniya ta’lim va madaniyat vazirligiga taqdim etgan, biroq amaldorlar oddiy muxlisning tashabbusini yerda qoldirishgan edi.

«1999-yili bu futbol uchun chinakam kashfiyot edi, buning evaziga men hech nima so‘ramaganman. Biroq endi qarasam, FIFA bu tizimdan o‘z manfaatlari yo‘lida foydalanishga o‘tdi. Hakamlarga bu texnologiyani taqdim etganimdan mamnunman, futbol endi adolatliroq o‘yinga aylanadi», — degan Lopes.

Ispaniyalik VAR tizimi ixtirosi uchun pul undirish maqsadida FIFA bilan sudlashishga tayyor.

Eslatib o‘tamiz, VAR tizimi Rossiyadagi JCh-2018da qo‘llanilmoqda. Tizim birinchi bo‘lib Fransiya va Avstraliya o‘rtasidagi o‘yinda ish berdi.

FIFA hakamlar qo‘mitasi rahbari Perluidji Kollinaning aytishicha, VAR tizimi sababli hakamlarning to‘g‘ri qaror chiqarish ko‘rsatkichi 99,3 foizga tenglashgan.

Яндекс.Метрика