У нас есть только
оригинальные песни

Vitaliy Klichko ukasiga faoliyatini yakunlashni maslahat qilgan

calendar 03.01.2016
1588

Superog'ir vaznda sobiq jahon chempioni, ayni vaqtda Kiev shahri meri hisoblanadigan Vitaliy Klichko o'z ukasi Vladimir Klichkoga uning britaniyalik bokschi Tayson Fyuri bilan jangdagi mag'lubiyatidan keyin boksni tark etish fursati kelgani haqida aytgan. Bu haqda Champion nashridayozilgan.

Vitaliy Klichko Tayson Fyurini o'z ukasiga teng kuchli sportchi emasligini, uning jangda g'alaba qilganidan hayron bo'lganini ta'kidlab o'tgan.

"Lekin shunday kunlar bo'ladiki, "yulduzlar charaqlamaydi", tezlik va zarbalar yo'q bo'lib qoladi", degan katta Klichko.

U ukasi bilan Fyuridan engilganidan keyin ochiqchasiga gaplashganini aytgan.

"Men unga oldinda ikki yo'l turganini aytdim. "Sen shuni bilishing kerakki, o'zingning nimalarga qodirligingni isbotlab bo'lgansan. Hozir senda ikki variant bor. Birinchisi, barchaga o'zing eng zo'r bokschi bo'lganing, sening natijalaringni hech kim takrorlay olmaganini eslatib, muxlislarga o'zingni qo'llab turishgani uchun minnatdorchilik bildirgan holda xayrlashish. Ikkinchisi, shunday ketmoqchi emasliging, ringga qaytib barchaga o'zingning nimalarga qodirligingni yana bir bor namoyish etish, Fyuri bilan avvalgi jangdagi mag'lubiyat tasodifiy bo'lganini isbotlash", deydi u.

Bundan oldinroq, Professional boksning superog'ir vazn toifasida uchta yo'nalish chempioni, WBA, WBO va IBO kamarlari sohibi britaniyalik bokschi Tayson Fyuri sobiq jahon chempioni ukrainalik bokschi Vitaliy Klichko bilan revansh o'tkazish borasida kelishuvga erishganin haqida xabar qilingandi.

Eslatib o'tamiz, 28 noyabr kuni Dyusseldorfda o'tkazilgan jangda Tayson Fyuri Vladimir Klichkoni ochkolar hisobiga ko'ra mag'lubiyatga uchratib, raqibiga tegishli bo'lgan chempionlik kamarlarini (IBF, IBO, WBO va WBA) tortib olgandi.

Яндекс.Метрика