У нас есть только
оригинальные песни

“VKontakte” ijtimoiy tarmog'i yilning eng asosiy mavzularini aniqladi

calendar 25.12.2015
1038

                                               

“VKontakte” ijtimoiy tarmog'i 2015 yil yakunlariga ko'ra foydalanuvchilar shu muddat davomida qaysi mavzularga eng ko'p murojaat qilganliklarini aniqladi. Mashhur mavzular ro'yxati “VKontakte” jamoasi sahifasida chop etildi.

Ma'lum bo'lishicha, servis foydalanuvchilari eng ko'p Ikkinchi jahon urushining 70-yilligi mavzusiga murojaat qilishgan. Bu voqea ijtimoiy tarmoqda jami 3.3 mln marta tilga olingan. Undan keyingi o'rinlarda Suriya ixtilofi (2.2 mln marta) hamda Sinayda Rossiya laynerining halokati (2 mln marta) turibdi.

uchli beshlikka, shuningdek, Parijdagi terakt (1.8 mln marta) va Su-24ning urib tushirilishi (1.7 mln marta) kirdi.Foydalanuvchilar orasida eng mashhur shaxs deb Rossiya prezidenti Vladimir Putin tan olindi: u yil davomida jami 7.9 mln marta tilga olindi. Keyingi o'rinlarda xonanda Basta (2.8 mln marta) va Ukraina prezidenti Pyotr Poroshenko (1.6 mln marta) turibdi.

Яндекс.Метрика