У нас есть только
оригинальные песни

Vladimir Klichko Fyuriga qarshi jang qiladi

calendar 28.11.2015
1503

Ukrainalik bokschi Vladimir Klichko britaniyalik raqibi Tayson Fyuriga qarshi ringga chiqib, super og'ir vaznda uch chempionlik maqomini himoya qiladi. 12 raundli jang shanba kuni Dyusseldorfda bo'lib o'tadi.

39 yoshli Klichko Xalqaro boks federatsiyasi (IBF), Butunjahon boks tashkiloati (WBO) va Butunjahon boks uyushmasi (WBA) versiyalariga chempionlik kamarlariga ega. U professional faoliyati davomida qozongan 64 g'alabadan 53tasi nokaut bilan yakunlangan. Klichko 3 marta mag'lubiyatga uchragan.

27 yoshli Fyuri birinchi marta chempionlik kamari uchun kurashish imkoniyatiga ega bo'lmoqda. Professional ringda u o'tkazgan barcha 24 uchrashuvida g'alaba qozongan, shulardan 18tasi nokaut bilan yakunlangan.

Яндекс.Метрика