У нас есть только
оригинальные песни

Vladimir Klichko Tayson Fyuriga mag'lub bo'ldi

calendar 29.11.2015
2302

Britaniyalik bokschi Tayson Fyuri ukrainalik jahon chempioni Vladimir Klichkoni mag'lub etdi va IBF, IBO, WBO va WBA versiyalari bo'yicha jahon chempioni unvonlarini qo'lga kiritdi. 29 noyabrda Dyusseldorfda bo'lib o'tgan jang britaniyalik sportchining ochkolar ustunligi bilan yakunlandi.

12 raund davom etgan jang natijalariga ko'ra barcha hakamlar bir ovozdan ustunlikni Fyuriga berishdi. Jangda 115-112, 115-112, 116-111 hisobi qayd etildi.

39 yoshli Klichko va 27 yoshli Fyuri o'rtasidagi jang avvalroq, ya'ni 24 oktyabrda bo'lib o'tishi kerak edi, biroq ukrainalik jarohat olgani sababli keyinga ko'chirilgandi.

Vladimir Klichko hisobida endi 68 ta jangda 64 ta g'alaba, Fyuri hisobida esa 25 ta jangda 25 ta g'alaba bor.

Vladimir Klichko oxirgi marta 2004 yil aprelida mag'lub bo'lgan edi. O'shanda u WBO versiyasi bo'yicha vakant jahon chempioni unvonini texnik nokaut bilan AQShlik Laymon Bryusterga boy bergan edi.

Яндекс.Метрика