У нас есть только
оригинальные песни

Vladimir Putinning g‘alabasi oltin va titanda muhrlandi

calendar 18.11.2015
2074

Vladimir Putinning yana bir marta dunyoning eng nufuzli odami deb topilganligimunosabati bilan Caviar kompaniyasi yangi iPhone 6s smartfonini chiqarishga qaror qildi. Bu haqda “Hi-tech.mail.ru” xabar beradi.

Supremo Tre Volte (italyanchada uch karra buyuk) smartfonida Putinning portreti va imzosi aks ettirilgan.

Ushbu qurilmaning kompaniyaning boshqa smartfonlaridan farqli jihati unda qora titan va sariq oltin ranglarining uyg‘unlashtirilganligidir. Undagi Putin portretida prezidentning  old tomondan ko‘rinishini tasvirlashda uning kuchli xarakteri, o‘ziga ishonchi va qarorlar qabul qilishdagi qat’iyligi aks ettirilganligi ta’kidlandi.

Supremo Tre Volte modeli 197 000 rubl (3000 dollar)ga baholangan. Ushbu kolleksiya cheklangan tirajda chiqarilgan bo‘lib, uning faqat 99 nusxasi mavjud.

Яндекс.Метрика