У нас есть только
оригинальные песни

Vyetnam prezidenti 4,2 ming mahbus uchun amnistiya e’lon qildi

calendar 30.11.2016
882

Vyetnam Sotsialistik Respublikasi prezidenti Chan Day Kuang 4,2 ming mahbus uchun amnistiya to‘g‘risidagi qarorni imzoladi. Bu haqda Xanoydagi matbuot anjumanida davlat rahbari devonxonasi rahbarining birinchi o‘rinbosari Zyang Shon ma’lum qildi, deb yozadi “TASS”.

Yangi yil bayramlari munosabati bilan afv etilganlarning nomma-nom ro‘yxati butun mamlakat bo‘ylab jazoni ijro etish muassasalariga yetkazilgan. 1-dekabrdan boshlab afv etilganlar ozodlikka chiqishni boshlaydi.

Bu joriy yil hisobidan Vyetnamdagi ikkinchi amnistiyadir. 2-sentabr kuni mamlakatda nishonlanadigan Mustaqillik kuni munosabati bilan avgustda 25 mingga yaqin mahbusga nisbatan amnistiya e’lon qilingan edi. Ulardan 2,1 mingga yaqini muddatidan oldin ozodlikka chiqqan bo‘lsa, 22 ming nafarining qamoq jazosi muddati qisqartirilgan.

Яндекс.Метрика