Ko'ngilochar mahsulotlar sanoatidagi eng mashhur AQSh kompaniyasi sanalgan The Walt Disney Company to'rtinchi moliyaviy chorak davomida o'zining sof daromadi miqdorini 7,3 foizga o'stirib, moliyaviy yil yakunida rekord darajada foyda ko'rdi. Bu haqda kompaniya rasmiy saytida e'lon qilingan press-relizda ma'lum qilingan.
«Kompaniyaning 3 oktyabrgacha bo'lgan muddatda to'plagan sof daromadi 1,61 mlrd dollarni, yoki aktsiyalar hisob-kitobiga ko'ra 0,95 dollarni tashkil qildi. O'tgan yili bu ko'rsatkich 1,5 mlrd dollar, yoki har bir aktsiya qiymatiga hisoblaganda 0,86 dollarni tashkil qilgandi», — deyiladi kompaniya hisobotida.
The Walt Disney Co. korxonasining turli xil faktorlarni hisobga olmaganda 1,2 mlrd dollarni har bir aktsiya qiymatiga ko'ra 0,89 dollar yillik daromadni tashkil qilmoqda.