У нас есть только
оригинальные песни

WhatsApp'da videoqo'ng'iroqlar funksiyasi paydo bo'ldi

calendar 15.11.2016
1609


WhatsApp messenjyeri iOS, Android va Windows platformalarida videoqo'ng'iroqlar funksiyasini joriy qilmoqda. Reuters agentligining xabar berishicha, ishlab chiqaruvchilar videoqo'ng'iroqlar uchun shifrlash texnologiyasini qo'llashdi. Xabarda shunday deyiladi:"Yaqin kunlarda WhatsApp'ning bir milliarddan ortiq foydalanuvchilari Android, iPhone va Windows Phone qurilmalar orqali videoqo'ng'iroqlarni amalga oshirishlari mumkin bo'ladi. Biz ushbu yangi funksiyani qo'shyapmiz, chunki matn va ovozli yozuvning o'zi yetarli bo'lmayotganini yaxshi bilamiz. Sevimli nabirasining ilk qadamlari, xorijda ta`lim olayotgan farzandining kechinmalari - bunday muhim voqealarni kuzatish imkonini hech narsa bosa olmaydi. Biz bu funksiyalarni nafaqat qimmatbaho telefonlarni sotib olishga qurbi yetadiganlar yoki uyali aloqa ko'proq rivojlangan mamlakatlar uchun, balki hamma uchun birdek joriy qilmoqchimiz".Yangi funksiyadan foydalanish uchun chat oynasining o'ng tomon yuqori qismidagi kamera tasviri tushirilgan belgini bosish kerak. Muloqot paytida suhbatdoshlar old va orqa kameralarni faollashtirishlari mumkin bo'ladi. WhatsApp yaratuvchilari yana boshqa yangiliklarni ham tayyorlashmoqda: xususan, yangi beta-versiyada ikki omilli auten­ti­fi­ka­tsiya paydo bo'ldi.

Яндекс.Метрика