У нас есть только
оригинальные песни

WhatsApp abonent to'lovidan voz kechadi

calendar 19.01.2016
1791

WhatsApp bosh direktori Yan Kum Myunxendagi DLD konferentsiyasida yaqin vaqtlar ichida messenjerdan hozirda yiliga 99 tsent deb belgilangan abonent to'lovi bekor qilinishi haqida xabar berdi.

Kelgusida WhatsApp boshqa usullar orqali mablag' to'plashni mo'ljallamoqda. Masalan, kompaniyalarga o'z mijozlari bilan to'g'ridan-to'g'ri muloqot qilish imkonini beradi.

WhatsApp chati orqali foydalanuvchilar bilan muloqot qurish imkoniyatiga birinchilardan bo'lib Bank of America va American Airlines kompaniyalari ega bo'ladi. Kum so'zlariga ko'ra, yana bir qator qiziqish bildirgan tashkilotlar bilan muzokaralar olib borilmoqda.

WhatsApp 2014 yilning fevralida Facebook ijtimoiy tarmog'i tomonidan 19 milliard dollarga sotib olingan edi. O'tgan yozda uning foydalanuvchilari soni yarim milliarddan oshdi. Bugungi kunga kelib esa ular soni bir milliardga yaqinlashib qolgan.

Яндекс.Метрика