У нас есть только
оригинальные песни

WhatsApp’da xabarlarni yozishmaning barcha ishtirokchilaridan o‘chirib tashlash mumkin bo‘ldi

calendar 29.10.2017
1186

WhatsApp messenjerida 27-oktabr kuni xabarlarni yozishmaning barcha ishtirokchilaridan o‘chirib tashlash imkoni paydo bo‘ldi, deya xabar bermoqda Meduza.

Xabarni u yuborilganidan keyingi yetti daqiqa ichida o‘chirib tashlash mumkin — shunda xabar o‘rnida “Bu xabar o‘chirilgan” yozuvi chiqadi.

Ushbu yangi funksiya ham shaxsiy yozishmalarda, ham guruh chatlarida ishlaydi. Buning uchun mobil dasturning eng so‘nggi versiyasini yuklab olish kerak.

Bungacha WhatsApp foydalanuvchisi xabarni faqat o‘z ekranida o‘chira olardi, xolos — uning suhbatdoshlariga bu xabar baribir ko‘rinib turardi.

WhatsApp — jahondagi eng ommabop messenjerlardan biridir. Kompaniya ma’lumotlariga ko‘ra, undan bir milliarddan ziyod inson foydalanadi. Messenjer 2014-yildan beri Facebook’ga tegishli.

Яндекс.Метрика