У нас есть только
оригинальные песни

WhatsApp kompyuter dasturini taqdim etdi

calendar 11.05.2016
1212

WhatsApp kompaniyasi o‘z kompyuter dasturini taqdim etdi. Bu haqda korporativ blog orqali xabar qilindi.

“WhatsApp Web singari, bizning kompyuter dasturimiz ham telefoningizga o‘rnatilgan dasturning davomidir: u mobil qurilmangizdagi suhbat va xabarlarni aynan aks ettiradi”, — deyiladi xabarnomada.

Yangi kompyuter dasturi Windows 8+ va Mac OS 10.9+ tizimlariga moslashtirilgan. U har bir foydalanuvchining mobil qurilmasidagi dastur bilan sinxron ravishda ishlaydi.

Яндекс.Метрика