У нас есть только
оригинальные песни

WhatsApp messenjeri endi Nokia va BlackBerry telefonlarida ishlamaydi

calendar 29.02.2016
1338

Yahoo! Kompaniyasining ikki sobiq xodimi 2009-yilda WhatsApp messenjerini ishga tushirganida, savdoda Android-smartfonlar soni juda kamchilikni tashkil etar, jahon mobil bozorini esa Nokia va RIM (keyinchalik nomi BlackBerry’ga o‘zgardi) egallagan edi. Shu bois yangi xabarlar almashinuvi xizmati asoschilari barcha ommaviy platformalar bilan ishlashga harakat qildi. Biroq oradan o‘tgan yetti yil ichida mobil bozorida katta o‘zgarishlar sodir bo‘ldi, deb yozadi “Terabayt”.

 

Endilikda WhatsApp jamoasi eski va uncha ommalashmagan operatsion tizimlar, shu jumladan, BlackBerry OS (barcha talqinlari, jumladan BB10), Nokia S40, Symbian S60, Android 2.1, Android 2.2 va Windows Phone 7.1 uchun ishlanmalarni bekor qilishni ma’qul topdi.

Dasturchilarning so‘zlariga ko‘ra, eski qurilmalar vaqt o‘tishi bilan WhatsApp’da joriy etilayotgan yangi vazifalarni amalga oshirishga imkon bermaydi. Masalan, Symbian va Nokia telefonlari ovozli qo‘ng‘iroqlarni qo‘llab-quvvatlamaydi.

Shuning uchun ham messenjer kelgusida faqatgina uchta ommaviy operatsion tizim (Android, iOS va Windows Phone) asosidagi smartfonlarda ishlaydigan bo‘ladi. Tahlilchilarning ma’lum qilishicha, bugungi kunda mazkur uch operatsion tizim smartfonlar bozorining 99,5 foiziga egalik qilmoqda.

O‘zgarishlar 2016-yilning oxiriga qadar amalga oshiriladi. Yaqin vaqtlarda esa WhatsApp videoqo‘ng‘iroqlarni ishga tushirish arafasida.

Яндекс.Метрика