У нас есть только
оригинальные песни

WhatsApp messenjeri Telegram ilovasidan kelgan giperhavolalarni bloklashni boshladi

calendar 01.12.2015
1932

WhatsApp messenjeri o'zining raqobatchi servisi Telegram ilovasidan kelgan giperhavolalarni bloklashni boshladi. Bu haqda The Verge nashri xabar tarqatdi.

Mazkur yangilikni Telegram asoschisi Pavel Durov ham Twitter mikroblogida qoldirgan izohida tasdiqlab o'tgan va messenjerni tsenzurada ayblagan.

Manbaga ko'ra, ko'rsatilgan manzil oddiy tekst ko'rinishida chiqadi va uni ko'chirib olib bo'lmaydi. Mazkur yangilik ilovaning Android talqinidagi 30 noyabrdan boshlab kiritilgan yangilanishda o'rnatilgan. Durovning hisob-kitoblariga ko'ra, Android- foydalanuvchilarining 80 foizni Telegram messenjeridan foydalanadi.

Hozirda yangi apdeyt qilinmagan ilovalarda havolalar ishlashda davom etmoqda.

Bloomberg agentligi bergan ma'lumotga ko'ra, dunyodagi eng ommabop messenjer Xitoy internet-giganti Tencent servisiga tegishli. Hozirda bu xizmatdan oyiga 843 million odam foydalanmoqda. Ikkinchi o'rinda Facebook tomonidan 18 milliard dollar evaziga sotib olingan WhatsApp ilova dasturi bormoqda servisning oylik foydalanuvchilari soni 800 million kishini tashkil qiladi. Uchinchi o'rinda — amerikaning Messenger tarmog'i. Uning oylik foydalanuvchilari soni 700 millionni tashkil qiladi.

Yuqorida eslab o'tilgan Tencent servisi egalik qiluvchi WeChat ilovasi oylik 600 million foydalanuvchilari bilan to'rtinchi o'rinda qayd qilingan. Undan keyingi o'rinlarda Viber (249 mln), Line (211 mln) va Snapchat (100 mln) tarmoqlari bormoqda. Telegram`ning faol yuzrelari soni esa taxminan 60 million kishini tashkil qiladi.

Яндекс.Метрика