У нас есть только
оригинальные песни

WhatsApp messenjerida oflayn-rejim paydo bo‘ldi

calendar 25.01.2017
1591

Ommabop WhatsApp messenjeri ishlab chiquvchilari mobil dasturni yangilashga kirishdi, endi unda oflayn-rejim, xotira menejeri funksiyalari va bir martada 30 ta fayl yuborish imkoniyati paydo bo‘ldi.

 

Oflayn-rejim internet-aloqasi mutlaqo yo‘q paytida ham suhbatdoshga javob yozish imkonini beradi. Yuborilgan xabar barqaror internet signali  paydo bo‘lgach, darhol yetkaziladi.

Bundan tashqari, endi foydalanuvchilar dastur egallagan “hudud”ni nazorat qilishning maxsus rejimiga ega bo‘ldi, uni menyuning “Sozlamalar”→“Ma’lumotlar va omborxona”→“Omborxona” bo‘limlari orqali topish mumkin. Bu yerda har bir dialog bo‘yicha batafsil statistikani — fotosuratlar, audioxabarlar, hujjatlar hajmini ko‘rish mumkin.

Shuningdek, ishlab chiquvchilar xabarga ilova qilinadigan multimediali fayllarning maksimal sonini ko‘paytirdi. Endi bitta xabarga 30 tagacha fotosurat yoki videoyozuv biriktirish mumkin (bungacha 10 ta edi).

Яндекс.Метрика