У нас есть только
оригинальные песни

«WI-FI» BOLALAR SALOMATLIGIGA O'NGLAB BO'LMAYDIGAN ZARAR YETKAZADI

calendar 11.12.2017
1535

 “Mikroskopiya va ultrastrukturalar» jurnalida ancha qarama-qarshi fikrga ega hisobot e'lon qilindi. 
Uning mualiflari yozishicha, bolalar miyasi kattalarnikiga nisbatan simsiz elektron qurilma uzatadigan radiatsiyaga birmuncha ta'sirchan ekan. Buni hisobga olgan olimlar homilador ayollarga mobil telefonlarni yonida olib yurmaslikni maslahat berishyapti. 
Chunki simsiz elektron qurilmalar tarqatadigan radiatsiya inson uchun kantserogen (rak kasalini yuzaga keltiruvchi modda yoki sharoit) hisoblanadi. Ikkinchidan esa radiatsiya ta'siri davomiyligi sabab, keyingi o'n yillarda xavfli o'smalar rivojlanishiga olib kelishi mumkin. 
Shunga qaramay, zamonaviy apparatlar xuddi mikroto'lqinli pechlar kabi «Wi-Fi»dan juda past chastotali radioto'lqinlarda foydalanadi. Ammo «Wi-Fi» radiatsiyasi intensivligi 100 ming marta kichik. Shu bois tadqiqot mualliflari uni ta'qiqlashga shoshilishmayapti. Ular ota-onalarga faqat har ehtimolga qarshi bolalariga «Wi-Fi» gadjeti signalidan foydalanishni cheklashni tavsiya etishyapti.

Яндекс.Метрика