У нас есть только
оригинальные песни

Windows 10 29 iyul kuni sotuvga chiqariladi

calendar 29.07.2015
1335

Yangi Windows 10 operatsion dasturi butun dunyo bo'yicha 29 iyul kuni sotuvga chiqariladi. Bu haqda Microsoft kompaniyasi matbuot xizmatiga tayangan holda RIA Novosti agentligi xabar bermoqda. Windows 7 va Windows 8.1 dasturlari foydalanuvchilari bir yil davomida yangi versiyani bepul olishi mumkin bo'ladi. Ammo korporativ versiyalar – Korporativ Windows 7, Korporativ Windows 8/8.1 va Windows RT/RT 8.1 foydalanuvchilarining dasturlari bepul yangilab berilmaydi. Yangi dasturiy ta'minot uskunalarni ovozli buyruqlar yordamida boshqarish imkonini beradi. Bundan tashqari, ishlab chiqaruvchilar brauzer muammosini hal qilish uchun yangi Microsoft Edge dasturini ishlab chiqishdi. Uning yordamida foydalanuvchilar veb-sahifalarda qo'lyozma eslatmalar kiritishi, do'stlar bilan bo'lishishi va o'qish rejimida ko'rib chiqishi mumkin bo'ladi. Fayllar va dasturlarni topishni osonlashtirish uchun Start menyusi qaytarildi.
Яндекс.Метрика