У нас есть только
оригинальные песни

Xabib Nurmagomedov MakGregorni jangga chorladi

calendar 27.08.2017
1940

Rossiyalik aralash kurashlar jangchisi Xabib Nurmagomedov UFC chempioni Konor MakGregorni jangga chaqirdi.

«30 dekabr. UFC 219. Las-Vegas. Kel buni amalga oshiramiz. Nega endi bunday bo'lmasligi kerak.

Menimcha, dekabr – bu jangni o'tkazish uchun eng yaxshi vaqt, uning o'zi Meyvezerga qarshi jangdan keyin shunday bo'lishini istagandi», – deya yozgan Nurmagomedov instagramdagi akkaunti orqali.

Bugun irlandiyalik sportchi boks qoidalariga asosan o'tkazilgan jangda Floyd Meyvezerga o'ninchi raundda texnik nokaut bilan yutqazdi.

U o'tgan oyda shu yilning dekabrida Rossiyaga borib, Xabib bilan jang qilish niyatida ekanini ma`lum qilgandi.

Яндекс.Метрика