У нас есть только
оригинальные песни

Xakerlar Turkiyadagi xususiy banklar va Turk telekom kompaniyasi serverlariga hujum qilishdi

calendar 25.12.2015
1045

                                              

Bir qator turk banklari xakerlarning ichki aloqa va tranzaktsiya, to'lov terminallari tizimi ishini ishdan chiqargan uyushgan hujumiga duch keldi. “Xaber 3” telekanalining xabariga ko'ra, hujum bo'lganini bojxona va savdo vaziri Byulent Tyufenkchi ham tasdiqlagan.

“Zarur tekshiruvlar o'tkazilmoqda va kerakli choralar qo'llaniladi”, - dedi u. Kerakli choralar ko'rilishi to'g'risida aloqa vaziri Binali Yildirim ham to'xtalib o'tdi. Uning so'zlariga ko'ra, Turkiyada ishga zudlik bilan kirishadigan infratuzilma ham, mutaxassislar ham bor.

Mavjud ma'lumotlarga ko'ra, xakerlar nafaqat banklar serverlariga, balki etakchi turk provayderlaridan hisoblangan Turk telekom kompaniyasiga ham hujum qilishgan. Ko'plab moliya muassasalari va davlat tashkilotlari mazkur kompaniya mijozlari sanaladi.

Xakerlar hujumi oqibatida banklarning sayt va aloqa tizimlari, qator bankomatlar uzilishlar bilan ishlagan, bir muddat mijozlarga xizmat ko'rsatmagan ham. Mahalliy hukumat ma'lumotiga ko'ra, kiberhujumlar 14 dekabrdan boshlangan bo'lib, shu vaqtga qadar ".tr" domenidagi 40 mingdan ziyod internet-resurslarni qamrab olgan.

Xalqaro Anonymous xakerlar guruhi esa 22 dekabrda tarmoqqa Turkiya hukumatini IShID bilan hamkorlikda ayblangan videomurojaatini e'lon qildi. Unda Turkiyaga nisbatan keng ko'lamli kiberhujumlar uyushtirilishi ma'lum qilingan.

Яндекс.Метрика