Xalq ta`limi vazirligining asosiy vazifalari nimalardan iborat?

O'zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining qarori bilan O'zbekiston Respublikasi Xalq ta`limi vazirligi to'g'risidagi nizom hamda ayrim idoraviy mansub tashkilotlarning ustavlari tasdiqlandi.

O'zbekiston Respublikasi Prezidentining “O'zbekiston Respublikasi Xalq ta`limi vazirligi faoliyatini tashkil etish to'g'risida” 2017 yil 30 sentabrdagi PQ-3 304-son qarorini ijro etish yuzasidan O'zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi qaror qildi:

 

1. Quyidagilar:

O'zbekiston Respublikasi Xalq ta`limi vazirligi to'g'risidagi nizom 1-ilovaga muvofiq;

O'zbekiston Respublikasi Xalq ta`limi vazirligining Respublika ta`lim markazining ustavi 2-ilovaga muvofiq;

O'zbekiston Respublikasi Xalq ta`limi vazirligi Uquvchilarni kasb-hunarga yo'naltirish va psixologik-pedagogik Respublika tashxis markazining ustavi 3-ilovaga muvofiq;

A.Avloniy nomidagi xalq ta`limi tizimi rahbar va mutaxassislarini qayta tayyorlash va malakasini oshirish institutining ustavi 4-ilovaga muvofiq tasdiqlandi.

2. O'zbekiston Respublikasi Xalq ta`limi vazirligi vazirliklar va idoralar bilan birgalikda bir oy muddatda ular tomonidan qabul qilingan normativ-huquqiy hujjatlarni ushbu qarorga muvofiqlashtiradi.

3. Mazkur qarorning bajarilishini nazorat qilish O'zbekiston Respublikasi Xalq ta`limi vaziri U.I.Inoyatov zimmasiga hamda O'zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining Ta`lim, sog'liqni saqlash, ekologiya, atrof muhitni muhofaza qilish, jismoniy tarbiya va sport masalalari axborot-tahlil departamentiga yuklandi.

O'zbekiston Respublikasi Xalq ta`limi vazirligi to'g'risidagi nizomga ko'ra, vazirlik umumiy o'rta va maktabdan tashqari ta`lim sohasida davlat siyosatini ishlab chiqish va amalga oshirish uchun javob beradigan vakolatli davlat boshqaruvi organi hisoblanadi va O'zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasiga bo'ysunadi.

Qoraqalpog'iston Respublikasi Xalq ta`limi vazirligi, viloyat xalq ta`limi boshqarmalari, Toshkent shahar xalq ta`limi bosh boshqarmasi, tuman (shahar) xalq ta`limi bo'limlari (keyingi o'rinlarda hududiy bo'linmalar deb ataladi), Vazirlik tuzilmasiga kiradigan tashkilotlar yuridik shaxslar hisoblanadilar, O'zbekiston Respublikasi Davlat gerbi tasviri tushirilgan va o'z nomi davlat tilida yozilgan muhrga hamda blankalarga, mustaqil balansga, O'zbekiston Respublikasi Moliya vazirligining G'aznachiligida shaxsiy g'azna hisobvaraqlariga, bank hisob raqamlariga, shu jumladan, xorijiy valyutadagi bank hisob raqamlariga ega bo'ladilar.

Vazirlik tizimiga quyidagilar kiradi:

Vazirlikning markaziy apparati;

A.Avloniy nomidagi xalq ta`limi tizimi rahbar va mutaxassislarini qayta tayyorlash va malakasini oshirish instituti, Respublika ta`lim markazi, O'quvchilarni kasb-hunarga yo'naltirish va psixologik-pedagogik respublika tashxis markazi, Multimedia umumta`lim dasturlarini rivojlantirish markazi, “Barkamol avlod” respublika bolalar badiiy ijodiyot markazi, “Barkamol avlod” respublika bolalar texnik ijodiyot markazi, “Barkamol avlod” respublika bolalar ekologiya va o'lkashunoslik markazi, Respublika o'quvchi-yoshlar markazi, Respublika bolalar kutubxonasi;

“Boshlang'ich ta`lim” jurnali tahririyati” davlat korxonasi, “Til va adabiyot ta`limi”, “Prepodavaniye yazyka i literatury”, “Language and literature teaching” jurnali tahririyati” davlat korxonasi, “Ma`rifat” va “Uchitel Uzbekistana” gazetalari tahririyati, “Xalq ta`limi” jurnali tahririyati” davlat korxonasi, “Tong yulduzi” gazetasi tahririyati, “Klass” gazetasi tahririyati, “G'uncha” jurnali tahririyati, “Gulxan” jurnali tahririyati;

Aniq fanlar chuqur o'rganiladigan davlat ixtisoslashtirilgan umumta`lim maktabi, Filologiya fanlari chuqur o'rganiladigan davlat ixtisoslashtirilgan umumta`lim maktabi, Xorijiy tillar chuqur o'rganiladigan davlat ixtisoslashtirilgan umumta`lim maktabi, Profilli mehnat ta`limi davlat ixtisoslashtirilgan umumta`lim maktabi, Tabiiy fanlar chuqur o'rganiladigan davlat ixtisoslashtirilgan umumta`lim maktabi, Mirzo Ulug'bek nomidagi matematika, astronomiya, fizika va informatika fanlari chuqur o'rganiladigan davlat ixtisoslashtirilgan umumta`lim maktab-internati;

“O'quv ta`lim-ta`minot” davlat unitar korxonasi;

A.P.Xlebushkina nomidagi 22-sonli “Mehribonlik” uyi, Respublika “Mehribonlik” uylari sog'lomlashtirish oromgohi;

O'zbekiston “Yoshlik” jismoniy tarbiya va sport jamiyati;

hududiy bo'linmalar;

“Mehribonlik” uylari, bolalar shaharchalari, axborot-resurs markazlari;

davlat umumiy o'rta va maktabdan tashqari ta`lim muassasalari.

Quyidagilar Vazirlikning asosiy vazifalari hisoblanadi:

1) umumiy o'rta va maktabdan tashqari ta`limni har tomonlama rivojlantirishga, o'quvchilarning ma`naviy-axloqiy va intellektual rivojlanishi darajasini yanada yuksaltirishga yo'naltirilgan ta`lim sohasida yagona davlat siyosatini amalga oshirish;

2) umumta`lim maktablari hamda o'rta maxsus, kasb-hunar ta`limi muassasalari o'rtasida o'zaro integratsiyani ta`minlash orqali 11 yillik o'rta ta`limni joriy etish bo'yicha tashkiliy-metodik tadbirlar tizimini amalga oshirish;

3) umumta`lim maktablarining 10-11-sinflari o'quvchilariga kasb-hunar o'rgatish hamda umumiy o'rta ta`limning davlat ta`lim standartlariga va maktabdan tashqari ta`limga qo'yiladigan davlat talablariga muvofiq xalq ta`limi muassasalari faoliyatiga metodik rahbarlik qilish;

4) umumta`lim muassasalarida chet tillarini o'qitish samaradorligini ta`minlash, o'quvchilarni kasb-hunarga yo'naltirish va mehnat ta`limini yaxshilash bo'yicha kompleks chora-tadbirlarni amalga oshirish;

5) o'quv-tarbiya jarayoniga o'qitishning zamonaviy ilg'or shakllarini, yangi pedagogik va axborot texnologiyalarini, o'quvchilarning o'quv, psixologik va jismoniy yuklamasini optimallashtirishni hisobga olgan holda ta`lim-tarbiyaning samarali shakllari va usullarini joriy etish;

6) mazmun va sifat jihatidan xalqaro talablarga javob beradigan, ilg'or pedagogik va axborot-kommunikatsiya texnologiyalarini qo'llagan holda yangilangan o'quv rejasi va dasturlarga muvofiq ishlab chiqilgan o'quv-metodik adabiyotlarning yangi avlodi yaratilishi va nashr etilishini tashkil qilish;

7) “Mehribonlik” uylari faoliyatini takomillashtirish, ota-onalar qarovisiz qolgan bolalarning ijtimoiy-psixologik reabilitatsiyasini va huquqiy himoya qilinishini ta`minlash, ularning ijtimoiy-mehnat ko'nikmalarini hosil qilishiga va jamiyatga uyg'unlashuviga ko'maklashish;

8) jismoniy rivojlanishida turli nuqsonlari bo'lgan hamda davolanish va sog'lomlashtirishga muhtoj bo'lgan bolalarning ijtimoiy kafolatlarini ta`minlovchi chora-tadbirlar samaradorligini yanada oshirish, ularning ta`lim- tarbiya (shu jumladan inklyuziv) olishlari uchun muhitni yaratish, imkoniyatlari cheklangan bolalar uchun ixtisoslashtirilgan ta`lim muassasalari (maktablar, maktab-internatlar) faoliyatini muvofiqlashtirish;

9) xalq ta`limi muassasalarida O'zbekiston yoshlar ittifoqi bo'limlari faoliyatini samarali yo'lga qo'yish orqali o'quvchilarni umuminsoniy qadriyatlar, yuksak ma`naviyat, insonparvarlik ruhida tarbiyalash, ularning qalbi va ongiga mustaqillik g'oyalarini yanada chuqur singdirish, “ommaviy madaniyat” ko'rinishidagi yot g'oyalarga qarshi immunitetni mustahkamlash;

10) umumiy o'rta va maktabdan tashqari ta`lim muassasalari tomonidan davlat ta`lim standartlari va talablari bajarilishining tizimli monitoringini olib borish;

11) xalq ta`limi muassasalarida byudjyet mablag'laridan maqsadli va samarali foydalanishni hamda byudjyet intizomiga rioya etishni ta`minlash;

12) xalq ta`limi muassasalarida bino va inshootlardan samarali foydalanish ishlarini muvofiqlashtirish va monitoringini olib borish.

Vazirlik o'ziga yuklangan vazifalarga muvofiq quyidagi funksiyalarni amalga oshiradi:

1) umumiy o'rta va maktabdan tashqari ta`limni har tomonlama rivojlantirishga, o'quvchilarning ma`naviy-axloqiy va intellektual rivojlanishi darajasini yanada yuksaltirishga yo'naltirilgan ta`lim sohasida yagona davlat siyosatini amalga oshirish sohasida:

umumiy o'rta va maktabdan tashqari ta`lim tizimlari faoliyatini tashkil etish va yaxshilash masalalarida davlat boshqaruvini amalga oshiradi;

yagona davlat siyosatining asosiy yo'nalishlari, shu jumladan, umumiy o'rta va maktabdan tashqari ta`lim tizimlarining yanada rivojlanishini nazarda tutadigan davlat dasturlari va boshqa dasturlar, shuningdek, ularni amalga oshirish mexanizmlari bo'yicha Vazirlar Mahkamasiga takliflar kiritadi;

normativ-huquqiy hujjatlar loyihalarini, shuningdek, Vazirlikka yuklangan vazifalar va funksiyalarni bajarish bilan bog'liq boshqa hujjatlarni belgilangan tartibda Vazirlar Mahkamasiga kiritadi;

Vazirlik tizimiga kiradigan xalq ta`limi muassasalari va tashkilotlarni rivojlantirish istiqbollarini prognozlashtiradi, davlat va hududiy dasturlarni ishlab chiqadi;

umumiy o'rta va maktabdan tashqari ta`lim muassasalarida davlat ta`lim standartlari hamda davlat talablarining sifatli bajarilishini ta`minlash uchun idoraviy mansub bo'linmalar, shuningdek, nodavlat ta`lim muassasalari va hududiy bo'linmalar faoliyatini muvofiqlashtiradi;

umumiy o'rta ta`limning davlat ta`lim standartlari hamda maktabdan tashqari ta`limga qo'yiladigan davlat talablari, xalq ta`limi tizimi mutaxassislariga qo'yiladigan malaka talablarining bajarilishi yuzasidan idoraviy nazoratni tashkil etadi;

umumiy o'rta, maktabdan tashqari ta`lim muassasalari va hududiy bo'linmalar faoliyati ustidan metodik rahbarlikni amalga oshiradi;

ilmiy-texnik rivojlanish va jamiyat ehtiyojlaridan kelib chiqib, o'quvchilarning yosh va psixofiziologik xususiyatlarini, shuningdek, ularning o'zlashtirish imkoniyatlarini hisobga olgan holda davlat ta`lim standartlari, umumiy o'rta va maktabdan tashqari ta`limga qo'yiladigan davlat talablari, o'quv dasturlari va darsliklarni uzluksiz ravishda takomillashtiradi;

axborot texnologiyalari va moliyaviy nazoratning e`tirof etilgan xalqaro standartlarini joriy etish orqali idoraviy mansub ta`lim muassasalarida byudjyet qonunchiligi buzilishi profilaktikasiga va uning oldini olishga yo'naltirilgan moliyaviy nazoratni amalga oshiradi;

o'quvchilarni milliy va umuminsoniy qadriyatlarga hurmat ruhida tarbiyalash, ularning qalblarida mustaqillik g'oyalariga sadoqat, milliy iftixor, Vatanga muhabbat va uning taqdiriga uchun kuyunish, fidoyilik tuyg'ularini shakllantirish, ularni turli mafkuraviy xatarlardan himoya qilish ishlarini amalga oshiradi;

umumiy o'rta va maktabdan tashqari ta`lim muassasalari va hududiy bo'linmalar faoliyatining ta`lim va ijtimoiy jihatdan samaradorligi tahlilini o'tkazadi, uni maqbullashtirish bo'yicha takliflar ishlab chiqadi;

Vazirlik tizimi faoliyatiga daxldor jurnal va gazetalar, blankalar, o'quv- metodik majmualar, byulletenlar hamda o'quv qo'llanmalarini nashr etishni, shuningdek, Vazirlikning veb-sayti ishini tashkil etadi;

xalq ta`limi tizimida xalqaro aloqalarni kengaytirish va uning samaradorligini oshirishga ko'maklashadi, xalq ta`limi masalalari bo'yicha xorijiy va xalqaro tashkilotlar bilan aloqalarni va hamkorlikni yo'lga qo'yadi;

2) umumta`lim maktablari hamda o'rta maxsus, kasb-hunar ta`limi muassasalari o'rtasida o'zaro integratsiyami ta`minlash orqali 11 yillik o'rta ta`limni joriy etish bo'yicha tashkiliy-metodik tadbirlar tizimini amalga oshirish sohasida:

o'qimishli, ijodkor, o'z ishini biladigan va raqobatbardosh, shiddat bilan o'zgarib borayotgan muhitda ongli yashashga qodir, o'z kasbiy tayyorgarligini tanlashda butun hayoti davomida keng imkoniyatlardan foydalana oladigan, shaxsiy va jamiyat manfaatlari yo'lida o'zini ko'rsata oladigan shaxsni kamol toptirish va rivojlantirish uchun barcha sharoitlarni yaratadi;

umumta`lim maktablari va o'rta maxsus, kasb-hunar ta`limi muassasalarining o'zaro integratsiyasini, shuningdek, jamiyatning ijtimoiy-iqtisodiy rivojlanishining zamonaviy talablariga muvofiq uzluksiz ta`lim mazmunini shakllantiradi;

bilimlarni mustaqil egallashga va amaliyotda qo'llash ehtiyoji va uquvini tarbiyalashga qaratilgan asosiy kompetensiyalarni shakllantirishga ko'maklashadigan ta`lim mazmunini ta`minlaydi;

bilishga bo'lgan intilishni shakllantirishga yo'naltirilgan ta`lim mazmunini takomillashtiradi;

ta`lim mazmunini o'quvchilarni ilmiy bilish usullari va mustaqil tadqiqotlar olib borishga maqsadli va tizimli o'rgatishga yo'naltirib boradi;

o'quvchilarning psixofiziologik xususiyatlarini hisobga olib o'quv yuklamasi hajmini maqbullashtiradi;

ta`lim dasturlarining o'quvchilar tomonidan o'zlashtirilishi darajasi va yo'nalishlarini hisobga olgan holda ta`lim mazmunini tabaqalashtiradi;

3) umumta`lim maktablarining 10-11-sinf o'quvchilariga kasb-hunar o'rgatish hamda umumiy o'rta ta`limning davlat ta`lim standartlariga va maktabdan tashqari ta`limga qo'yiladigan davlat talablariga muvofiq xalq ta`limi muassasalari faoliyatini muvofiqlashtirish hamda o'quvchilarga kasb-hunar o'rgatishda metodik rahbarlik qilish sohasida:

o'quvchilarning ongli ravishda kasb tanlashlari uchun ularni kasbga yo'naltirish, tanlangan kasb bo'yicha mehnat ko'nikmalarini o'rgatishni amalga oshiradi;

o'quvchilarda mehnat ko'nikmalari va mustaqil ijodiy fikrlashni shakllantirishni, ularni kasbga yo'naltirish, ta`lim olish va kasb egallashning kelgusi yo'llarini ongli ravishda tanlashini ta`minlaydi;

pedagog xodimlarni uzluksiz ravishda o'zini o'zi kasbiy-pedagogik rivojlantirishga (butun hayoti davomida ta`lim olishga) yo'naltiradi;

shaxsga yo'naltirilgan, tizimli faoliyat yuritish va kompetentli yondashuv talablari asosida respublika ta`limini modernizatsiyalashning asosiy yo'nalishlarini hisobga olgan holda pedagog xodimlarni qayta tayyorlash va malakasini oshirish shakllarini, kasbiy ta`lim dasturlari mazmunini takomillashtiradi;

ijobiy tajribani, kasb qiyinchiliklarini hamda pedagog va metodistlarning ehtiyojlarini o'rganish va tahlil qilish, pedagoglarning kasbni bilishi shakllanganligiga, ta`lim oluvchilarning predmetli va asosiy kompetensiyalariga tashxis qo'yish va monitoring olib borish asosida metodistlar va pedagoglarga, barcha darajalardagi eksperimental va innovatsion maydonchalarga manzilli ilmiy- metodik yordam ko'rsatadi;

ta`lim makonini axborotlashtirish, texnologiyalarni joriy etish va optimallashtirish orqali pedagog xodimlar uchun rivojlanib boruvchi o'quv-metodik muhit yaratilishini ta`minlaydi;

o'qituvchilarning ishdan ajralmagan holda uzluksiz malaka oshirishlarini ta`minlaydi;

ta`lim sohasining asosiy va fanlar bo'yicha maqsadlarini hisobga olib, natijaga erishishni ko'zlagan holda aniq o'quv jarayoni maqsadlari loyihalashtirilishini ta`minlaydi;

ta`lim standartlari talablariga muvofiq va dastur materiallari o'zlashtirilishini tashkil etish bo'yicha vazifalar kompleksini hal etishga yo'naltirilgan o'quv jarayonini muvofiqlashtiradi;

o'quv jarayonini loyihalashtirish va uni amaliyotga tatbiq etish uchun axborot muhiti salohiyatini joriy qiladi;

psixologik qulaylik va qo'llab-quvvatlash muhiti yaratilishini, shaxsiy natijalarga erishilganidan so'ng olinadigan ijobiy his-tuyg'ularni kompetensiyalar ko'rinishida rag'batlantirishni ta`minlaydi;

4) umumta`lim muassasalarida chet tillarini o'qitish samaradorligini ta`minlash, o'quvchilarni kasb-hunarga yo'naltirish va mehnat ta`limini yaxshilash bo'yicha kompleks chora-tadbirlarni amalga oshirish sohasida:

o'quvchilarga xorijiy tillarni o'qitish tizimini takomillashtiradi;

bolalarning psixologik-pedagogik xususiyatlarini hisobga olib umumiy o'rta ta`limning 1-11-sinflarida xorijiy tillarni o'qitishni tashkil etish chora- tadbirlari kompleksini ishlab chiqadi va amalga oshiradi;

o'quvchilarning bilimi, ko'nikmalari va qobiliyatlariga bo'lgan talablarni aniqlashtirish orqali davlat ta`lim standartlari, shuningdek, umumiy o'rta ta`lim maktablarining 1-11-sinflarida xorijiy tillarning o'quv rejalari va dasturlarini takomillashtiradi;

umumta`lim maktablarining 1-11-sinflari uchun xorijiy tillar bo'yicha darslik va o'quv-metodik qo'llanmalarni, jumladan, ularning elektron shakllarini ishlab chiqadi va yaratadi;

tadbirkorlik faoliyati to'g'risida keng tasavvurga, malaka ko'nikmalari va tashkilotchilik qobiliyatlariga ega bo'lgan mustaqil fikrlaydigan shaxslarni tarbiyalash ishlarini takomillashtiradi;

ta`limning keyingi bosqichini yoki mehnat faoliyatini tanlashda o'quvchilarga ko'maklashadi;

kasbiy ta`limni takomillashtirishni ta`minlaydi;

kasbiy ta`limning o'quv-tarbiya jarayoniga zamonaviy va innovatsion pedagogik usullar va axborot-kommunikatsiya texnologiyalarini joriy etishni amalga oshiradi;

5) o'quv-tarbiya jarayoniga o'qitishning zamonaviy ilg'or shakllarini, yangi pedagogik va axborot texnologiyalarini, o'quvchilarning o'quv, psixologik va jismoniy yuklamasini optimallashtirishni hisobga olgan holda ta`lim-tarbiyaning samarali shakllari va usullarini joriy etish sohasida:

umumiy o'rta va maktabdan tashqari ta`lim muassasalarida va hududiy bo'linmalarda axborot-tahliliy ishlarning olib borilishini ta`minlaydi;

milliy istiqlol g'oyasi, boy milliy madaniy-tarixiy meros, milliy urf- odatlar va umuminsoniy g'oyalar asosida barkamol avlodni tarbiyalashning samarali tashkiliy, pedagogik shakllari va usullarini ishlab chiqadi va joriy etadi;

zamonaviy ilg'or ta`lim shakllari, yangi pedagogik va axborot texnologiyalarini o'quv-tarbiya jarayoniga joriy qilish orqali o'quvchilarni har tomonlama kamol toptirishni ta`minlaydi;

o'quvchilar bilan maktabdan tashqari ish olib borish, yangi pedagogik va axborot texnologiyalari, turli tadbirlar, ko'rik-tanlovlar, va musobaqalar tashkil etishning samarali usul va shakllarini qo'llagan holda ularning bo'sh vaqtlarini mazmunli tashkil etish chora-tadbirlari kompleksini amalga oshiradi;

o'quvchilarning psixologik va jismoniy xususiyatlaridan kelib chiqib, shu jumladan, o'quv fanlarini unifikatsiyalash va integratsiyalash orqali o'quv dasturlari maqbullashtirilishini amalga oshiradi;

6) mazmun va sifat jihatidan xalqaro talablarga javob beradigan, ilg'or pedagogik va axborot-kommunikatsiya texnologiyalarini qo'llagan holda yangilangan o'quv rejasi va dasturlarga muvofiq ishlab chiqilgan o'quv va o'quv-metodik adabiyotlarning yangi avlodi yaratilishi va nashr etilishini tashkil qilish sohasida:

ilg'or xalqaro tajriba asosida o'quv va o'quv-metodik adabiyotlarning yangi avlodini yaratish konsepsiyasini ishlab chiqadi;

o'quv va o'quv-metodik adabiyotlarning yangi avlodini yaratishda so'nggi ilmiy va texnik yutuqlarni hisobga olib konsentrizm pedagogik tamoyili asosida o'quv materiallarini tuzib chiqadi;

o'quv va o'quv-metodik adabiyotlarning yangi avlodini yaratishda yangi pedagogik va axborot-kommunikatsiya texnologiyalarini qo'llagan holda ijodiy va mustaqil vazifalarni ishlab chiqadi;

o'quv va o'quv-metodik adabiyotlarning yangi avlodi mazmunining hayot, amaliyot va ishlab chiqarish bilan bog'liqligini, o'quv materiallarining fundamental xususiyati va o'quvchilarda mutolaa madaniyati shakllantirilishini ta`minlaydi;

7) “Mehribonlik” uylari faoliyatini takomillashtirish, ota-onalar qarovisiz tsolgan bolalarning ijtimoiy-psixologik reabilitatsiyasini va huquqiy himoya qilinishini ta`minlash, ularning ijtimoiy-mehnat ko'nikmalarini hosil qilishiga va jamiyatga uyg'unlashuviga ko'maklashish sohasida:

yetim va ota-ona qaramog'idan mahrum bo'lgan bolalarni tarbiyalash, kamol toptirish va ularni qo'llab-quvvatlashni tashkil etishni, ularning qonuniy huquqlari va manfaatlari ijtimoiy-huquqiy himoya qilinishini ta`minlaydi;

yetim va ota-ona qaramog'idan mahrum bo'lgan bolalarning psixologik jihatdan to'liq tiklanishi, ularning jamiyatga ijtimoiy moslashishi, sifatli ta`lim va tarbiya olishi, shuningdek, ularning ijodiy va intellektual qobiliyatlarini rivojlantirishga ko'maklashuvchi va uy sharoitlariga maksimal darajada yaqinlashtirilgan shart-sharoitlarni ta`minlaydi;

yetim va ota-ona qaramog'idan mahrum bo'lgan bolalarning mulkiy va nomulkiy huquqlarini himoya qilish, qarindoshlarini aniqlash va ular bilan mustahkam aloqa o'rnatilishini ta`minlaydi;

yetim va ota-ona qaramog'idan mahrum bo'lgan bolalar orasida o'z huquq va manfaatlarini himoya qilish bo'yicha ijtimoiy bilim, ko'nikmalarni shakllantirish yuzasidan ta`lim va tarbiyaviy ishlarni tashkil etishni amalga oshiradi;

ijtimoiy rivojlanishi korrektsiya va (yoki) reabilitatsiyaga, rivojlanishining tibbiy-ijtimoiy va psixologik-pedagogik muammolariga tashxis qo'yishga va ularni rivojlantirish va reabilitatsiya qilish bo'yicha individual dasturlar tuzilishiga muhtoj yetim va ota-ona qaramog'idan mahrum bo'lgan bolalar guruhlarini aniqlaydi;

8) rivojlanishida turli nuqsonlari bo'lgan hamda davolanishga va sog'lomlashtirishga muhtoj bo'lgan bolalarning ijtimoiy kafolatlarini ta`minlovchi chora-tadbirlar samaradorligini yanada oshirish, ularning ta`lim-tarbiya (shu jumladan inklyuziv) olishlari uchun moslashuv muhitini yaratish, imkoniyatlari cheklangan bolalar uchun ixtisoslashtirilgan ta`lim muassasalari (maktablar, maktab-internatlar) faoliyatini muvofiqlashtirish sohasida:

jismoniy yoki psixik rivojlanishida turli nuqsonlari bo'lgan bolalarning bilish qobiliyatlarini e`tiborga olgan holda umumiy o'rta ta`lim va tarbiya olishlari uchun yordam ko'rsatish maqsadida o'quv-tarbiya, korrektsiyalash va davolash-sog'lomlashtirish muassasalari faoliyatini tashkil etishni, buning uchun zarur sharoitlarni yaratishni, ularning ijtimoiy moslashuvi va jamiyatga integratsiyalashuviga ko'maklashishni, shuningdek, ijtimoiy yordamga muhtoj oilalarga farzandlarini tarbiyalash va ularga ta`lim berishda yordam ko'rsatishni amalga oshiradi;

davlat ta`lim standartlariga muvofiq maktab, maktab-internat yoki uyda ta`lim olayotgan, jismoniy va psixik rivojlanishida turli nuqsonlari bo'lgan bolalarning qonuniy huquqlari, erkinliklari va manfaatlari ta`minlanishini amalga oshiradi;

hududlardagi psixologik-tibbiy-pedagogik komissiyalar faoliyatini, maktab, maktab-internat yoki uyda ta`lim olayotgan bolalarga xalq ta`limi muassasalarida sog'ligini tiklash va kasbga o'rgatish bo'yicha amaliy yordam ko'rsatilishini muvofiqlashtiradi;

jismoniy va psixik rivojlanishida turli nuqsonlari bo'lgan o'quvchilarni optimal rivojlantirish maqsadida shaxsga mo'ljallangan, ijtimoiy yo'naltirilgan ta`lim jarayonida tabaqalashtirilgan va individual ta`lim berishni tashkil etishni ta`minlaydi;

9) xalq ta`limi muassasalarida O'zbekiston yoshlar ittifoqi bo'limlari faoliyatini samarali yo'lga qo'yish orqali o'quvchilarni umuminsoniy qadriyatlar, yuksak ma`naviyat, insonparvarlik ruhida tarbiyalash, ularning qalbi va ongiga mustaqillik g'oyalarini yanada chuqur singdirish, “ommaviy madaniyat” ko'rinishidagi yot g'oyalarga qarshi immunitetni mustahkamlash sohasida:

xalq ta`limi muassasalarida O'zbekiston yoshlar ittifoqi birlamchi tashkilotlarining samarali faoliyat yuritishini, mahalliy davlat hokimiyati organlari va nodavlat notijorat tashkilotlari bilan hamkorlik faoliyatini hamda o'quvchi yoshlarga psixologik yordam ko'rsatish bo'yicha harakatlarning muvofiqlashtirilishini ta`minlaydi;

o'quvchi yoshlarda huquqiy, estetik, ekologik tarbiyani rivojlantirish bo'yicha turli tadbirlar, ko'rik-tanlovlar, musobaqalar, ijodiy ishlarni tashkil qilishni ta`minlaydi;

iqtidorli o'quvchi yoshlarni aniqlash va o'qitish bo'yicha psixologik-pedagogik va tashkiliy shart-sharoitlar yaratadi;

fuqarolik jamiyatni qurish va demokratik islohotlarni chuqurlashtirish jarayonida yosh pedagog va o'quvchilarning ijtimoiy faolligini oshirishni, yoshlarni jismoniy sog'lom, mustaqil fikrlaydigan, Vatanga sadoqatli va qat`iy hayot pozitsiyasiga ega inson etib tarbiyalashni ta`minlaydi;

yoshlarning ma`naviy dunyosini boyitish, milliy va jahon adabiyotining eng sara namunalarini targ'ib qilish maqsadida kitobxonlik madaniyatini shakllantiradi, o'quvchilarni yot g'oyalar, “ommaviy madaniyat” va zararli odatlarning salbiy ta`siridan himoya qilish bo'yicha faoliyatni tashkil qilishni ta`minlaydi;

o'quvchilarning xohish-istaklari va takliflaridan kelib chiqqan holda ularning bo'sh vaqtlarini mazmunli tashkil qilish, bolalar va o'smirlarni “Barkamol avlod” bolalar markazlaridagi turli to'garaklarga, shuningdek, bolalar musiqa va san`at maktablari, bolalar va o'smirlar sport maktablariga qamrab olishga yo'naltirilgan tizimli faoliyat bo'yicha kompleks chora-tadbirlarni ishlab chiqadi;

o'quvchilar davomatini nazorat qilishni ta`minlaydi, ushbu yo'nalishda fuqarolarning o'zini o'zi boshqarish organlari, boshqa jamoat tashkilotlari va huquqni muhofaza qilish organlarining hamkorlikdagi faoliyatini muvofiqlashtiradi;

o'quvchilarning ilmiy va badiiy adabiyotlarni o'qishga bo'lgan qiziqishini oshirish orqali ularda turli mafkuraviy tahdidlarga, xususan, diniy ekstremizm, terrorizm, “ommaviy madaniyat” va boshqa yot g'oyalarga qarshi mustahkam immunitet shakllantirilishini ta`minlaydi;

10) umumiy o'rta va maktabdan tashqari ta`lim muassasalari tomonidan davlat ta`lim standartlari va talablari bajarilishining tizimli monitoringini olib borish sohasida:

o'quvchilarning bilimi va ta`lim sifatiga ta`sir qiladigan omillarni aniqlash bo'yicha tizimli monitoringni amalga oshiradi;

o'quvchilarga ta`lim berish sifatini oshirishga yo'naltirilgan, davlat standartlari talablari, davlat talablari bajarilishini o'rganish bo'yicha intellektual ko'rik-tanlovlar va musobaqalar tashkil qilinishini ta`minlaydi;

ta`lim sifati monitoringi olib borilishini nazorat qilish va amalga oshirish bo'yicha normativ hujjatlar va metodik tavsiyalarni ishlab chiqadi;

ta`lim sifatining umumiy holati asosida xalq ta`limi muassasalari reytingini aniqlaydi;

11) ta`lim muassasalarida byudjyet mablag'laridan maqsadli va samarali foydalanishni hamda byudjyet intizomiga rioya etishni ta`minlash sohasida:

hududiy bo'linmalarning markazlashtirilgan moliya-buxgalteriya xizmatlari faoliyatini muvofiqlashtiradi;

markazlashtirilgan tartibda xarajatlar smetasini tuzish va bajarishni, xalq ta`limi tizimi xodimlariga ish haqini hisoblash va to'lashni, tovarlar, ishlar va xizmatlarni xarid qilishni ta`minlaydi;

markazlashtirilgan tartibda byudjyet va byudjyetdan tashqari mablag'larni hisob-kitob qilish, shuningdek, faoliyat yo'nalishiga qarab tovar (xizmat)larni sotishdan tushadigan mablaglar monitoringi olib borilishini amalga oshiradi;

byudjyet mablag'laridan foydalanishning natijaviyligi, samaradorligi va shaffofligini ta`minlash, xalq ta`limi muassasalarining mustaqilligi va o'zini o'zi ta`minlashini oshirishga yo'naltirilgan byudjyet va byudjyetdan tashqari mablag'larni rejalashtirish, ulardan foydalanish, hisobi va hisobotini yuritish metodologiyasi takomillashtirilishini ta`minlaydi;

byudjyet mablag'larini noqonuniy sarflash va talon-taroj qilish holatlarini aniqlash va oldini olishni ta`minlash bo'yicha ichki audit va moliyaviy nazorat xizmatlari faoliyatini respublika va hududiy darajalarda muvofiqlashtiradi;

xalq ta`limi muassasalarida shartnomalar tuzish, byudjyet hisobini yuritish, xarajatlar smetasini tuzish va ijro etish monitoringini amalga oshiradi;

byudjyet hisobi va hisobotini takomillashtirish, asossiz debitorlik va kreditorlik qarzdorlik kelib chiqishiga yo'l qo'ymaslik, byudjyet intizomini mustahkamlash, byudjyet mablag'laridan foydalanish samaradorligini oshirish, jumladan tovarlar, ishlar va xizmatlar xarid qilish, shuningdek, markazlashtirilgan moliya-buxgalteriya xizmatlarining kadrlar tarkibini kuchaytirish masal al ari bo'yicha tavsiyalar ishlab chiqish;

12) ta`lim muassasalarida bino va inshootlardan samarali foydalanish ishlarini muvofiqlashtirish va monitoringini olib borish sohasida:

bino va inshootlardan zarur tarzda foydalanish bo'yicha ishlar muvofiqlashtirilishi va monitoring olib borilishini ta`minlaydi;

elektr energiyasi, tabiiy gaz, ko'mir va ko'mir briketlari, suvdan foydalanishni tizimli tahlil qilishni, shuningdek, energiyani tejovchi vositalar va texnologiyalarni joriy etish yo'li bilan ulardan oqilona foydalanish bo'yicha takliflar kiritish orqali hisoblash asboblari va ularning texnik sozligi monitoringini ta`minlaydi;

issiq va sovuq suv, tabiiy gaz, issiqlik va elektr energiyasi, ko'mir va ko'mir briketlari iste`moli hamda bino va inshootlar saqlanishining belgilangan tartibiga rioya qilinishini ta`minlaydi;

issiq va sovuq suv, tabiiy gaz, issiqlik va elektr energiyasini iste`mol qilishning, ko'mir va ko'mir briketlaridan oqilona foydalanishning, bino va inshootlarning saqlanishiga doir belgilangan qoidalarga rioya qilmagan rahbarlar va xodimlarni mukofotlarning bir qismidan yoki to'liq mahrum qilish to'g'risida takliflar kiritadi;

O'zbekiston Respublikasining investitsiya dasturlarini amalga oshirish doirasida bino va inshootlarni rekonstruksiya qilish hamda qurish bo'yicha hududiy bo'linmalar tomonidan taqdim etilgan manzilli ro'yxatlarni o'rganish va tahlil qilishni ta`minlaydi;

bino va inshootlarni joriy va mukammal ta`mirlash bo'yicha hududiy bo'linmalar tomonidan taqdim etilgan manzilli ro'yxatlarni o'rganish va tahlil qilishni ta`minlaydi;

xalq ta`limi muassasalari bino va inshootlarini qurish, rekonstruksiya qilish, joriy va mukammal ta`mirlash bo'yicha ishlarni muvofiqlashtiradi va monitoringini olib boradi;

xalq ta`limi muassasalarining issiqlik ta`minoti tizimi, but qozonlarini almashtirish va ulardan foydalanish ishlarining hisobi yuritilishini va monitoringi olib borilishini ta`minlaydi;

ko'mir va ko'mir briketlari bilan ta`minlashning manzilli ro'yxatini shakllantirish hamda ularni xalq ta`limi ob`yektlariga yetkazib berish monitoringining manzilli ro'yxatlarini shakllantirish bo'yicha faoliyatni muvofiqlashtiradi;

kuz-qish mavsumida xalq ta`limi tizimi muassasalari bino va inshootlaridan samarali foydalanilishini ta`minlaydi;

idoraviy mansub tashkilotlarning suv, gaz, issiqlik va elektr energiyasidan tejamkorlik bilan foydalanish bo'yicha faoliyatini, ularning hisobini yuritish asboblari holati monitoringi olib borilishini muvofiqlashtiradi;

xalq ta`limi muassasalarini jihozlash (qayta jihozlash) dasturlarini ishlab chiqish uchun ularning moddiy-texnik bazasini o'rganish va tahlil qilishni amalga oshiradi.

Vazirlik qonun hujjatlariga muvofiq boshqa funksiyalarni ham bajarishi mumkin.


Комментарии (0) | Добавить: 06.12.2017
Faqat ro'yhatdan o'tgan foydalanuvchilar izoh qoldirishi mumkin. Marhamat ro'yhatdan o'ting!
[ Регистрация | Kirish ]
MP3 va KLIP Izlash

«Новости»

Ronalduni o'z farzandi butun internetda sharmanda qildi …
Mourino darvozabon boshiga butilka bilan urdi
Yevropa Ligasi. Qur`a qanday kuchli juftliklarni hosil qildi?
Jeenbekov O'zbekistonga aloqador bitimni ma`qulladi
Neymar yana qiliq ko'rsatmoqda
2020-yilga kelib yo‘qoladigan 30 ta odatiy buyum
Zilzila vaqtida namoz o‘qiladimi?
O‘zbekiston uchun 1948-yilda AQShda imzolangan konvensiya kuchga kirdi
AQSh Davlat kotibi: Qo‘shma Shtatlar Shimoliy Koreya bilan muzokaralarga tayyor
Oq uy: Rossiya va Xitoy AQSh milliy xavfsizligiga tahdid tug‘diradi
Banklar tomonidan haq olinmaydigan xizmatlar qanday? (ro'yxat)
«Bizga ham kerak emas» - Ukraina Rossiya bilan temir yo'l qatnovini to'xtatmoqchi
Germaniya 2017 yil shamoldan energiya olishda rekord qo'yadi
Endi bachadon kerakmas...mi?!
Kumush saratonni davolashi aniqlandi
Xiaomi'ning hoshiyasiz Mi Mix 3 smartfoni suratlari tarqaldi
Og‘riq qoldiruvchi dorilar xavfli kasalliklarni keltirib chiqarishi aniqlandi
Qozog'iston ko'mir konidagi ishchilar yer yuzasiga chiqishdan bosh tortishmoqda
Samsung smartfonlarni zaryadlovchi "aqlli" kiyimni ixtiro qildi
Dubayda salkam 300 mln dollarlik safari-hayvonot bog'i ochiladi
Qozog'istonda Rossiya telekanallari o'chirib qo'yildi
Iblis izmidagi oqsoch
«WI-FI» BOLALAR SALOMATLIGIGA O'NGLAB BO'LMAYDIGAN ZARAR YETKAZADI
Tovuq tuxumi ichida brillant bor ekan
Koinot vaqti butunlay to'xtab qolishi mumkin
«Arsenal» yana ochko yo'qotdi
Avtomobildan foydalanish imkoniyatlari kengaymoqda - obuna bo'lish, karshering va ijara
Aeroporti yo'q 6 mamlakat: U yerlarga qanday borish mumkin?
Megalomaniya buyuklikka intilgan telbalar kasalligimi?
10 dekabr – O'zbekiston Respublikasining Davlat madhiyasi qabul qilingan kun