У нас есть только
оригинальные песни

Xalq ta’limi vaziri: 3-iyul kuni kollej va litseylarda hujjat qabul qilish boshlanadi

calendar 02.07.2017
1508

2-iyul kuni O‘zbekiston xalq ta’limi vaziri U. Inoyatov 10–11-sinflarning joriy qilinishi bilan bog‘liq dolzarb masalalarga bag‘ishlangan selektor yig‘ilishi o‘tkazdi.

Yig‘ilish chog‘ida vazir 10–11-sinflar tajriba tartibida gumanitar va aniq fanlarga ixtisoslashgan maktablarda ochilishini ma’lum qildi. 10–11-sinflarda faqat mana shu eksperimental maktablarni tamomlaganlar o‘qishi mumkin, boshqa maktab bitiruvchilari bu maktablarga o‘ta olmaydi.

Shunga muvofiq, ushbu maktablar direktorlari 10–11-sinflarga boshqa o‘quv muassasalaridan o‘quvchilarni qabul qilmaslik haqida kafolat xati yozib beradi.

Shuningdek, 3-iyuldan barcha litsey va kollejlarda hujjat qabul qilish boshlanadi.

Яндекс.Метрика