У нас есть только
оригинальные песни

Xalqaro Jinoyat Sudi Amerika razvedkasining Afg'onistondagi qora qilmishlarini fosh etadi

calendar 21.11.2017
1151

Xalqaro jinoyat sudining yetakchi tergovchisi Fatu Bensuda Afg'onistonda insoniyatga qarshi jinoyatlar va harbiy jinoyatlari sodir etganligi bo'yicha huquqiy ruxsat berilishini so'radi. Bu haqda XJS ma`lum qilmoqda. 

XJS e`lon qilgan bayonotga muvofiq, tergov jarayoni 2003 yil 1 mayidan boshlab Afg'onistonda noqonuniy ravishda sodir etilgan jinoyatlarni, shuningdek 2002 yil 1 iyulidan e`tiboran shu ishga aloqadorligi gumon qilingan boshqa jarayonlarni ham o'rganadi. Tergov vaqtida Pokistonda ham faoliyat yurituvchi Tolibon va Haqqoniy tarmog'i, Afg'on Milliy xavfsizlik kuchlari, Xavfsizlik milliy boshqarmasi a`zolari hamda Afg'on milliy politsiyasi faoliyati taftish qilinadi. 

“Afg'onistondagi vaziyat 2006 yildan buyon prokurorlar tomonidan kuzatib kelinadi”, deyiladi bayonotda. “Mavjud ma`lumotlar chuqur va jiddiy o'rganib chiqilganidan so'ng, prokurorlar Afg'onistondagi vaziyat bo'yicha surishtiruv ishlarini boshlashga asosli dalillar bor, deb hisoblamoqda”.

Tergov davomida Qo'shma Shtatlar va uning ittifoqdoshlari tomonidan sodir etilgan harbiy jinoyatlar va ison huquqlarini poymol qilish holatlarini ham o'rganadi. Bunda Markaziy razvedka boshqarmasi faoliyati hamda uning Afg'onistondagi maxfiy bo'linmalari faoliyatiga jiddiy e`tibor qaratiladi.

“Black sites” deb ataluvchi qurilma va inshootlar MRB tomonidan 11 sentabrdagi voqealardan keyin terrorchilikda gumon qilinganlarni so'roq qilishda keng foydalanilgan. U yerlarda mahbuslar turli xil qiynoqlarga solingani bir necha bor o'z isboti topgani aytiladi. 

Qiynoqqa solish usullari orasida suv bilan qiynash bo'lib, bunda biror material mahbus ustiga qoplanadi hamda ustidan suv quyiladi. Shu bilan odamning cho'kayotganidek hissiyot paydo bo'ladi. Bundan tashqari, uxlatmaslik, asabiy-ruhiy zo'ravonliklar kabilar kiradi. 

MRBning bu kabi qamoqxonalari Polsha, Ruminiya, Tayland va Afg'onistonda tashkil etilgan.

Яндекс.Метрика