Xalqaro kartalar orqali valyuta ayirboshlash imkoni paydo bo'ldi

Markaziy bank tijorat banklarida jismoniy shaxslar bilan valyuta ayirboshlash operatsiyalarini amalga oshirish tartibi to'g'risidagi nizomni tasdiqladi. Unga ko'ra, jismoniy shaxslar, shu bilan birga, yuridik shaxs maqomini olmasdan faoliyat ko'rsatayotgan yakka tartibdagi tadbirkorlar (YaTT) tijorat banklarining konversion operatsiyalar bo'limlarida o'z hisobidan chet el valyutasini qo'lga kiritish huquqiga ega bo'ldi. 

Chet el valyutasini sotish konversion bo'limlar tomonidan xalqaro kartalardan foydalangan holda naqd pulsiz shaklda amalga oshiriladi. Bunda naqd pulsiz chet el valyutasini sotish miqdori tijorat banki rahbari buyrug'iga binoan belgilanadi. Jismoniy shaxs va YaTT chet el valyutasini sotib olish uchun konversion bo'limga shaxsni tasdiqlovchi hujjatni taqdim etishi kerak bo'ladi. 

Jismoniy shaxsning bank kartasi mavjud bo'lmagan taqdirda, konversion bo'lim mutaxassisi unga plastik kartalar bo'limiga murojaat etib, o'z nomiga bank kartasi ochishni taklif qiladi. 

YaTT chet el valyutasini sotib olish uchun pul mablag'larini o'zining tegishli hisobvarag'idan o'tkazadi. 

Milliy valyutadagi mablag' tijorat bankining operatsiya bajariladigan kundagi kurs bo'yicha to'lov terminali orqali jismoniy shaxsga tegishli bank kartasidan yechib olinadi va unga operatsiya muvaffaqiyatli o'tgani haqidagi terminal chekining asl nusxasi beriladi. 

Valyuta ayirboshlash shoxobchasida jismoniy shaxslar va norezidentlardan chet el valyutasi cheklanmagan miqdorda sotib olinadi. Amalga oshirilayotgan barcha ma`lumotlar elektron tizimda qayd etiladi. 

Chet el valyutasini sotib olishda operatsiya eng kam oylik ish haqining 500 baravari miqdoriga teng bo'lgan yoki undan oshgan hollarda, operatsiyalar elektron tizimga ma`lumot kiritish orqali amalga oshirilishi shart. Bunda jismoniy shaxslardan shaxsni tasdiqlovchi hujjat va norezidentlardan pasport talab etiladi. 

Bundan tashqari, valyuta ayirboshlash shoxobchalarida bir xorijiy davlatning naqd valyutasini boshqa xorijiy davlatning naqd valyutasiga almashtirish mumkin.


Комментарии (0) | Добавить: 09.11.2017
Faqat ro'yhatdan o'tgan foydalanuvchilar izoh qoldirishi mumkin. Marhamat ro'yhatdan o'ting!
[ Регистрация | Kirish ]
MP3 va KLIP Izlash

«Новости»

Farg'onada Abdulla Aripov va Tojikiston bosh vaziri ishtirokidagi yig'ilish bo'lib o'tdi
O‘zbekiston tabiiy gaz qazib oluvchi mamlakatlar ro‘yxatida nechanchi o‘rinda ekanini bilasizmi?
Hamza – yangi o‘zbek adabiyoti asoschilaridan birimi?
Chingizxon haqida biz bilmagan faktlar
Apple xitoylik foydalanuvchlar ma’lumotlarini Xitoyga o‘tkazadi
Aholi qaysi tashkilotlardan ko'proq norozi?
Meksika prezidenti Tramp sababli AQShga safarini bekor qildi
Shohjahon Ergashev navbatdagi jangini aprel oyida o'tkazadi
Poezdda Toshkentdan Xitoygacha borish mumkin bo'ladi
Soliq qonunchiligidagi o‘zgarishlar bilan tanishtiradigan sayt ishga tushdi
O‘zbekistonda iste’molchilar qaysi davlat idorasiga ko‘proq ishonadi?
Messi bir o'yinda ikki rekord o'rnatdi
MXX qanday bo'lishi kerak?
Davlat idoralari rahbarlariga muntazam ravishda jurnalistlar bilan uchrashish majburiyati yuklandi
Xitoyda 1,6 trln dollarlik loyihalarga start beriladi
2017 yilda Ukrainadan O'zbekistonga qancha pul yuborilgani aytildi
Umid Ahmadjonov yana bir tashkilot prezidenti etib saylandi
O'zbekistonda Facebook ishlamay qoldi
Kechiktirib bo'lmaydigan tibbiy yordam ko'rsatishni rad etganlik uchun qanday jarima belgilanadi?
Umid Ahmadjonov O‘zbekiston milliy termasining bo‘lajak bosh murabbiyi bilan uchrashish uchun Dubayga uchib ketdi
Ravon brendi 2017-yil bo‘yicha Sibirda eng ko‘p ro‘yxatdan o‘tkazilgan avtomobilga aylandi
“Suzuk ota” majmuasi 2018-yilgi mustaqillik bayrami arafasida foydalanishga topshiriladi
Jahon iqtisodiyoti xakerlar sababli 600 mlrd dollarlik ziyon ko'rdi
Bojxona qo'mitasining yangi raisiga yangi o'rinbosar tayinlandi
Markaziy Osiyodagi eng korrupsiyalashgan davlat ma`lum qilindi
Qashqadaryoda yuziga niqob kiygan shaxslar omborxonaga hujum qildi
Qozog'iston lotin alifbosiga o'tdi
Saudiya Arabistonida bouling va bilyard-klublar ochishga ruxsat berildi
Qo'shni respublikalar bilan tinchlik-totuvlikda yashash kerak – Sooronbay Jeenbekov
Xitoyda grippga qarshi yangi vaksina yaratildi