У нас есть только
оригинальные песни

Xalqaro koinot stantsiyasida birinchi marta gul ochildi

calendar 17.01.2016
1424

Xalqaro koinot stantsiyasi bortida birinchi marta tsinniya g'unchasi ochildi. Bu haqdagi xabar va fotosuratni NASA astronavti Skott Kelli o'z tvitteriga joylashtirdi.

“Ha, koinotda hayotning boshqa shakllari ham bor”, - deya hazil qildi astronavt.

NASA xabarida qayd etilishicha, Kelli Kelli kosmik bog'bonlik vazifasini o'z zimmasiga olgan bo'lib, vaznsizlik holatida o'simliklarni etishtirishga qaratilgan Veggie loyihasi doirasida ularni parvarishlamoqda.

2015 yilning avgustida esa HKS bortida rim salat bargi etishtirilgan edi.

Яндекс.Метрика