У нас есть только
оригинальные песни

Xalqaro olimpiya qo'mitasi prezidenti Umid Ahmadjonovni tabrikladi

calendar 26.01.2018
889

Xalqaro olimpiya qo'mitasi prezidenti Tomas Bax Umid Ahmadjonov O'zbekiston Milliy olimpiya qo'mitasiga prezident etib saylangani munosabati bilan tabrik maktubini yo'lladi. Bu haqda MOQ rasmiy sayti xabar tarqatdi.

«Hurmatli prezident, 2018 yilning 16 yanvar kuni O'zbekiston Milliy olimpiya qo'mitasiga prezident etib saylanganingiz munosabati bilan Xalqaro Olimpiya Qo'mitasi nomidan eng samimiy tilaklarimni izhor qilishga ijozat bergaysiz. 

To'rt yillik muddat siz uchun muvaffaqiyatli va omadli kelishiga tilakdoshman. Xalqaro olimpiya qo'mitasi O'zbekiston Milliy olimpiya qo'mitasi bilan samarali va o'zaro manfaatli hamkorlik davom etishiga ishonadi va buning uchun siz rahbar etib saylangan MOQ oldiga qo'yilgan vazifalar bajarilishida, uning kundalik faoliyatida sizning ixtiyoringizda bo'ladi» deyiladi XOQ prezidenti tabriknomasida. 

Яндекс.Метрика