"Real" jamoasining yosh yarim himoyachisi Xames Rodriges "Sevilya"ga qarshi kechgan o'yindagi mag'lubiyatdan keyin jurnalistlar bilan gaplashib, jamoaning La ligadagi birinchi o'rnidan tushib ketgani va bu o'ringa "Barselona" ko'tarilganiga munosabat bildirib o'tdi.
"Har qanday jamoa g'alaba qozonish bilan mag'lubiyatga ham uchrashi mumkin. Hozirda yutqazgan jamoani barmoqning uchi bilan ko'rsatish oson. Lekin tezda vaziyat o'zgarishi mumkin. Biz hozir keyingi o'yinga tayyorlanishni boshlashimiz kerak.
"Barselona" juda yaxshi formada. Lekin biznikilarning hech biri bundan xavotirga tushgani yo'q. Chunki, biz "Real"miz. "El Klasiko" juda qiziq o'tishiga aminman.
Bugungi o'yinda zaxiradan maydonga tushganimda o'zimni juda yaxshi his qildim. Men ikki oyni jarohat tufayli o'tkazib yubordim. Ammo endi jamoamning g'alabalariga o'z hissamni qo'shishga tayyorman", deydi kolumbiyalik futbolchi.
La liganing keyingi turi 21 noyabr kuni boshlanadi va turning markaziy bahsi "Santyago Bernabeu"da "Real" va "Barselona" o'rtasida o'tkaziladi.