У нас есть только
оригинальные песни

Xatirchida yana noqonuniy yog'furushlar fosh etildi

calendar 28.12.2015
931

                    

Navoiy viloyati Xatirchi tumanida noqonuniy yog' ishlab chiqaruvchilar fosh etildi. Bu haqda “Huquq” nashri yozmoqda.
Bosh prokuratura huzuridagi SVOJJDLQK departamentining tuman bo'limi xodimlari tomonidan o'tkazilgan tadbirda Yangirabot qishlog'ida yashovchi A. Hasanov o'z xonadonida qo'lbola usulda yasalgan moyjuvozda paxta chigitidan moy va kunjara ishlab chiqarayotgani aniqlandi. Uning elektr tarmog'iga 194 ming so'm zarar etkazgani ma'lum qildi.

Tekshirish chog'ida moyjuvozdan tashqari, boshqa ashyoviy dalillar ham topildi.
Hasanovga oylik ish haqining 30 foizini davlat daromadiga ushlab qolgan holda 3 yil muddatga axloq tuzatish ishlari jazosi tayinlandi.

Яндекс.Метрика